Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A

HUMO milliy to‘lov tizimi Donor’s Day tashkil etdi

HUMO milliy to‘lov tizimi Donor’s Day tashkil etdi
19 окт 2026 11:36

HUMO milliy to‘lov tizimi Donor’s Day tashkil etdi: kompaniya xodimlari donorlik dasturida qatnashdilar


15-oktabrda HUMO milliy to‘lov tizimi ofisida Donor’s Day – qon donorligini qo‘llab-quvvatlashga va uning insonlar hayotini saqlab qolishdagi salmog‘iga e’tibor jalb qilishga qaratilgan korporativ tashabbus o‘tkazildi.

HUMO xodimlari tashabbusda qatnashib, ijtimoiy mas’uliyat shaxsiy ishtirokdan boshlanishini, har bir kishining hissasi esa ulkan savobli ishning muhim qismi bo‘lishi mumkinligini namoyish etdilar.


Aksiya bevosita HUMO ofisida Respublika qon quyish markazi tibbiy mutaxassislarining ishtirokida o‘tkazildi. Bunday format xodimlarga odatiy ish muhitida donorlik harakatiga qo‘shilish va sog‘liqni saqlash tizimini qo‘llab-quvvatlashga o‘z hissasini qo‘shish imkonini berdi.

Tashkilotchilar xavfsizlik va ongli ishtirokka alohida e’tibor berdilar. Aksiya o‘tkazilishidan oldin xodimlar donorlikka tayyorlanish bo‘yicha tavsiyalar oldilar, bevosita qon topshirishdan oldin esa, zaruriy tibbiy ko‘rikdan o‘tdilar. Har bir qatnashchiga ruxsat berish haqidagi qaror Markaz mutaxassislari tomonidan, belgilangan tibbiy talablarga muvofiq qabul qilindi.


Qon donorligi – o‘zga insonlarga yordam berishning eng hammabop usullaridan biri. Donorlik qoni murakkab jarrohlik ishlarida, og‘ir kasalliklarni davolashda, travmalar va favqulodda tibbiy yordam ko‘rsatishda zarur. E’tiborlisi – unga bo‘lgan talab muntazam saqlanib qoladi, qon zaxiralarining muntazam to‘ldirib turilishi esa, hayotiy ahamiyat kasb etadi.

HUMO uchun Donor’s Day o‘tkazilishi – bu shunchaki korporativ tadbir emas, balki jamoani professional faoliyatdan kengroq ko‘lamga ega qadriyatlar: o‘zaro ko‘mak, befarq bo‘lmaslik va jamiyat oldidagi mas’uliyat tuyg‘ulari atrofida birlashtirish imkoniyati hamdir.


“Har kun biz zamonaviy to‘lov texnologiyalari yordamida insonlar hayotini qulayroq qilish ustida ish olib boramiz.  Ammo insonlar haqida g‘amxo‘rlik bizning mahsulotlarimiz va servislarimiz bilan chegaralanib qolmaydi. Donor’s Day — bu ushbu g‘amxo‘rlikni real amallar bilan namoyon etish imkoniyatidir. Biz aksiyada qatnashgan va bu muhim tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan har bir xodimdan minnatdormiz”,- qayd etdi HUMO rahbariyati.

Donor’s Day kuchli korporativ madaniyat nafaqat umumiy professional yutuqlar, balki bir-birini qo‘llab-quvvatlash va ehtiyojmandlarga ko‘mak berish tufayli ham shakllanishining yana bir tasdig‘i bo‘ldi.


Sayt: humocard.uz

Facebook: fb.com/humocard

Instagram: @humo_card

Telegram: t.me/humoofficial

YouTube: @humo_card

LinkedIn: linkedin.com/humocarduz

 


/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 13
Hozir saytda:
ro'yxatdan o'tganlar - ...
mehmonlar - ...
Oxirgi yangilanish: 19 октября 2026, 11:58 (GMT+5)

Matnda xatolikni ko'rdingizmi? Sichqoncha bilan belgilang va bosing CTRL + ENTER
Sayt yaratuvchisi
Sayt 1C-Bitriksda ishlaydi®
www.pixelcraft.uz
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech