HUMO milliy to'lov tizimi HUMO va UZCARD to'lov tizimlari o'rtasidagi integratsiya yakunlagani haqida e'lon qiladi. Endi barcha HUMO bankomatlari UZCARD kartalarini qabul qiladi, bu o'z o'rnida barcha UZCARD karta foydalanuvchilariga qulay va xavfsiz pul operatsiyalarini amalga oshirish imkonini taqdim etadi.
Ushbu muhim natija mijozlar uchun yangi imkoniyatlar ochmoqda, endi ular bankomatlarning xizmatidan erkin foydalanishi va Respublika bo'yicha barcha tijorat banklarining HUMO bankomatlarida UZCARD kartalari bilan turli moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishlari mumkin.
To'lov tizimlari bankomatlarining integratsiyasi milliy to'lov tizimini rivojlantirish va barcha foydalanuvchilar uchun moliyaviy xizmatlarning qulayligini ta'minlashga qaratilgan muhim qadamdir. Endi mijozlar o'z mablag'laridan istalgan vaqtda va HUMO bankomati joylashgan istalgan nuqtada foydalanish imkoniga ega bo'ladi.

/
Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
522