HUMO milliy to‘lov tizimi UnionPay-HUMO kobeyjing kartasini ishga tushiradi
Bugun Xitoyning Shanxay shahrida "UnionPay International" kompaniyasi ijrochi direktori Van Lisin hamda Milliy banklararo protsessing markazi (HUMO toʻlov tizimi) Bosh direktori Shuhrat Kurbanov ikki kompaniya o'rtasida hamkorlik toʻgʻrisidagi memorandumni imzoladilar. Kelishuvga ko‘ra, tomonlar O‘zbekistonda naqd pulsiz to‘lovlar bozorini birgalikda rivojlantirish va “UnionPay-HUMO” kobeyjing kartasini ishga tushirishga kelishib oldilar.
Ushbu qadam O‘zbekiston fuqarolari uchun ham kundalik hayotda, ham xorijiy davlatlarga, jumladan, Xitoyga sayohat qilishda keng to‘lov imkoniyatlarini taqdim etadi.
Bugungi kunda UnionPay'ning 230 mlndan ortiq kartalari 81 mamlakatda emissiya qilingan. Tizimning toʻlovlarni qabul qilish tarmogʻi 183 mamlakatda qariyb 67 mln onlayn va oflayn savdo/hizmat ko'rsatish nuqtalari va 1,7 mln bankomatni qamrab oladi.
HUMO milliy to‘lov tizimining 23 mlndan ortiq kartalari muomalada bo‘lib, respublika bo‘yicha 200 mingdan ortiq terminallarda to‘lovlarni amalga oshirish, shuningdek, 12 mingdan ortiq bankomatlardan naqd pul yechib olish imkoniyati mavjud.

/
Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
625