Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A

HUMO milliy to‘lov tizimi va Turizm qo‘mitasi o‘z kuchlarini birlashtirmoqda

HUMO milliy to‘lov tizimi va Turizm qo‘mitasi o‘z kuchlarini birlashtirmoqda
27 ноя 2026 10:19

HUMO milliy to‘lov tizimi va Turizm qo‘mitasi O‘zbekistondagi sayyohlik infratuzilmasini raqamlashtirish yo‘lida o‘z kuchlarini birlashtirmoqda


HUMO milliy to‘lov tizimi hamda O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi zamonaviy to‘lov infratuzilmasini rivojlantirish, sayyohlik xizmatlari uchun naqdsiz to‘lov imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek, xorijiy va mahalliy sayyohlarga yanada qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan hamkorlik memorandumini imzoladilar.


Imzolash marosimi Toshkentda o‘tkazilayotgan “Ipak yo‘lida turizm” 31-Toshkent xalqaro sayyohlik yarmarkasi  (TITF 2026) va Turizm sohasidagi birinchi xalqaro investitsiya forumi doirasida bo‘lib o‘tdi.

Hujjatni O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi raisi Abdulaziz Aqqulov hamda HUMO Boshqaruvi raisi Aleksandr Sotnikov imzoladi.

Hamkorlikning asosiy maqsadi — sayyohlarga O‘zbekiston bo‘ylab butun sayohati davomida tovar va xizmatlar uchun qulay hamda xavfsiz to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beruvchi ommabop va zamonaviy to‘lov infratuzilmasini rivojlantirishdan iborat.


Memorandum doirasida tomonlar bir nechta strategik muhim yo‘nalishlarni o‘rganib chiqishni rejalashtirmoqda.

Tijorat banklari bilan hamkorlikda HUMO milliy to‘lov tizimi negizida sayyohlar uchun maxsus bank kartalarini ishlab chiqish imkoniyati shular jumlasidandir. Bunday yechimlar xorijiy mehmonlarning kundalik hisob-kitoblarini osonlashtirish hamda naqdsiz to‘lovlar ommabopligini oshirishga xizmat qiladi.

HUMO to‘lov vositalari va xizmatlarini Yagona milliy turizm platformasi bilan integratsiya qilish masalasiga alohida e’tibor qaratiladi. Bu esa kelgusida yashash joyi, transport xizmatlari, ekskursiyalar, madaniy meros obyektlariga tashrif buyurish va boshqa turistik xizmatlar uchun raqamli to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatlarini kengaytirishga zamin yaratadi.

Shuningdek, hamkorlik doirasida mamlakat hududlaridagi mehmonxonalar, restoranlar, savdo nuqtalari va turizm obyektlarida naqdsiz to‘lov infratuzilmasini rivojlantirish ko‘zda tutilgan.

Texnologik tashabbuslardan tashqari, tomonlar raqamli to‘lov xizmatlarini ommalashtirish, axborot almashish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish hamda turizm sohasi ishtirokchilari uchun axborot-ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda.


Zamonaviy to‘lovlar — mamlakat sayyohlik jozibadorligining muhim tarkibiy qismi

«Bugungi kunda mamlakatning sayyohlik jozibadorligi nafaqat uning tarixiy merosi, diqqatga sazovor joylari va xizmat ko‘rsatish sifati, balki raqamli infratuzilmaning rivojlanish darajasi bilan ham belgilanadi. Zamonaviy sayohatchi uchun u poytaxtdami yoki sayyohlik hududlaridan birida bo‘lishidan qat’i nazar, tovar va xizmatlar haqini tez, xavfsiz hamda o‘zi uchun odatiy usulda to‘lay olish imkoniyati muhim ahamiyatga ega.

HUMO uchun Turizm qo‘mitasi bilan hamkorlik milliy to‘lov infratuzilmasini rivojlantirish va uning xalqaro imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha strategiyamizning bir qismidir. Biz O‘zbekistonni xorijiy mehmonlar uchun yanada qulayroq qiladigan va mahalliy biznes uchun qo‘shimcha imkoniyatlar ochadigan yechimlarni yaratishga intilamiz.

Bizning vazifamiz - zamonaviy to‘lov texnologiyalari sayyohlik tajribasining ajralmas qismiga aylanishi, O‘zbekistonni esa nafaqat boy madaniy meros, balki yuqori darajadagi raqamli xizmat bilan ham bog‘lashdir," - dedi HUMO Boshqaruv raisi Aleksandr Sotnikov.


Sayyohlar va biznes uchun yangi imkoniyatlar

Hamyonbop to‘lov infratuzilmasini rivojlantirish sayyohlar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish, turistik xizmatlar uchun to‘lovlarni soddalashtirish va tadbirkorlarning xorijiy mijozlarga xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirish imkonini beradi.

Bu, ayniqsa, naqdsiz to‘lovlarni rivojlantirish xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va zamonaviy raqamli muhitni shakllantirishga xizmat qiladigan O‘zbekistonning sayyohlik hududlari uchun muhim ahamiyatga ega.

Memorandumning imzolanishi HUMO kompaniyasining xalqaro integratsiya va milliy to‘lov infratuzilmasini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirishda navbatdagi qadam bo‘ldi.

HUMO milliy to‘lov tizimi va Turizm qo‘mitasining sa’y-harakatlarini birlashtirish zamonaviy moliyaviy yechimlarni yanada joriy etish, turizm sohasini raqamlashtirish va O‘zbekistonning qulay va texnologik rivojlangan sayyohlik yo‘nalishi sifatidagi jozibadorligini oshirish uchun asos yaratadi.


Aniq loyihalar, ularni amalga oshirish muddatlari va hamkorlikning texnik shartlari tomonlar tomonidan kelgusida birgalikda ishlash jarayonida belgilanadi.


Sayt: humocard.uz
Facebook: fb.com/humocard
Instagram: @humo_card
Telegram: t.me/humoofficial
Youtube: @humo_card
Linkedin: linkedin.com/humocarduz

 

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 0
Hozir saytda:
ro'yxatdan o'tganlar - ...
mehmonlar - ...
Oxirgi yangilanish: 27 ноября 2026, 10:44 (GMT+5)

Matnda xatolikni ko'rdingizmi? Sichqoncha bilan belgilang va bosing CTRL + ENTER
Sayt yaratuvchisi
Sayt 1C-Bitriksda ishlaydi®
www.pixelcraft.uz
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech