
HUMO Pay mobil ilovasi: bitta ilovada komissiyasiz o‘tkazmalar, 1% keshbek va smartfon orqali to‘lov
HUMO milliy to‘lov tizimi HUMO Pay — HUMO kartalari va kundalik to‘lovlarni boshqarish uchun yagona raqamli makonni taqdim etdi. Oyiga 100 million so‘mgacha komissiyasiz o‘tkazmalar, kommunal to‘lovlar uchun keshbek va smartfon orqali kontaktsiz to‘lov – bularning barchsi bitta ilovada jamlangan.
Toshkent, 2026-yil oktabr. HUMO milliy to‘lov tizimi HUMO kartalari sohiblariga pul mablag‘larini qulay boshqarish uchun zamonaviy vositalarni hamda kundalik operatsiyalarni amalga oshirishda qo‘shimcha afzalliklarni taklif etib, raqamli to‘lovlar imkoniyatini kengaytirmoqda.
HUMO Pay — to‘lovlaringiz evloyutsiyasi. Ilova asosiy moliyaviy servislarni bir joyda jamlaydi: HUMO kartalarini boshqarish, pul o‘tkazmalari, xizmat uchun to‘lovlar, xarajatlar nazorati va smartfon orqali kontaktsiz to‘lov. Endi odatiy operatsiyalarni bir necha teginishda bajarish mumkin – tez, qulay va qo‘shimcha foyda bilan.
HUMO kartalari o‘rtasidagi komissiyasiz o‘tkazmalar – oyiga 100 mln so‘mgacha.
Yaqinlar va do‘stlarga yoki o‘zingizning HUMO kartalaringiz o‘rtasida pul o‘tkazish yanada foydali bo‘ldi.
2026-yil 31-dekabrgacha HUMO Pay foydalanuvchilari HUMO kartasidan HUMO kartasiga oyiga 100 mln so‘m doirasida komissiyasiz o‘tkazmalarni amalga oshirishlari mumkin.
Belgilangan limit doirasida hech qanday komissiyaga qo‘shimcha sarflarsiz – smarftondan qulay o‘tkazmalar, xolos.
Kommunal xizmatlar to‘lovi uchun 1% keshbek
Kundalik xarajatlar ham foyda keltirishi mumkin.
HUMO PAY orqali kommunal xizmatlar haqini to‘lashda foydalanuvchilar o‘sha zahoti 1% keshbek oladilar.
Odatiy hisoblar uchun bevosita ilovada to‘lov qiling va sarflagan mablag‘laringizning bir qismini qaytarib oling. HUMO Pay vaqtni tejashdagina emas, muntazam to‘lovlardan qo‘shimcha foyda olishda ham yordam beradi.
Bir tekkizishda xaridlar — smartfoningizdagi HUMO kartasi
HUMO NFC texnologiyasi bilan har xaridda plastik kartani hamyondan chiqarishga hojat qolmaydi.
HUMO kartalarining sohiblari NFCli Android-smartfon yordamida xaridlar haqini to‘lay oladilar. Buning uchun HUMO Pay ilovasida HUMO kartasini ulash, kontaktsiz to‘lovni faollashtirish va smartfonni HUMO terminaliga yaqinlashtirishning o‘zi yetarli.
Bitta smartfon. Bitta teginish. To‘lov qilindi.
HUMO NFC smartfondan to‘laqonli kontaktsiz to‘lov vositasi sifatida foydalanish imkonini berib, odatiy to‘lovlarni yanda qulaylashtiradi.
HUMO kartalari — hammasi bitta ilovada, to‘liq nazoratda
HUMO Pay — bu nafaqat to‘lovlar va o‘tkazmalar, balki HUMO kartalarini mustaqil boshqarish uchun qulay vosita hamdir.
Ilovada foydalanuvchilar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladilar:
· HUMO kartasini biriktirish va boshqarish.
· Operatsiyalar tarixini kuzatish va xarajatlarni nazorat qilish.
· Kommunal va boshqa xizmatlar haqini to‘lash.
· HUMO kartalari o‘rtasida o‘tkazmalarni amalga oshirish.
· Kartalarni bloklash va blokdan chiqarish.
· PIN-kodni o‘zgartirish va karta sozlamalarini boshqarish.
· Smartfon orqali kontaktsiz to‘lovni ulash.
· Android-qurilmalardagi NFC texnologiyasi yordamida xaridlar haqini to‘lash.
Bitta ilovada barcha asosiy imkoniyatlar jam bo‘lib, foydalanuvchiga o‘ziga qulay istalgan vaqtda o‘z moliyaviy amaliyotlarini mustaqil boshqarish imkonini beradi.
HUMO Pay — to‘lovlar uchun odatiy ilovadan ko‘ra ko‘proq imkoniyat
HUMO Pay’ni rivojlantirish — HUMO milliy to‘lov tizimining zamonaviy va hammabop raqamli to‘lov ekotizimini yaratish borasidagi strategiyasining bir qismi.
Kartalarni boshqarishni, kontaktsiz to‘lovlarni, pul o‘tkazmalari va keshbek dasturini birlashtirish orqali HUMO yangicha foydalanuvchi tajribasini shakllantiradi, unda texnologiyalar kundalik moliyaviy amaliyotlarni soddaroq va foydaliroq qiladi.
“Biz HUMO Pay’ni HUMO kartalari sohiblari uchun yagona raqamli makon sifatida rivojlantiramiz, unda zamonaviy to‘lov texnologiyalari foydalanuvchilar uchun real foyda bilan uyg‘unlashadi. Komissiyasiz o‘tkazmalar, odatiy to‘lovlar uchun keshbek va xaridlar haqini smartfon orqali to‘lash imkoniyati – bular kundalik moliyaviy amaliyotlarni qulaylashtiradigan yechimlardir. Vazifamiz – ilovaning imkoniyatlarini izchil kengaytirish, toki foydalanuvchilar o‘z mablag‘larini tez, oson va bir joyda boshqara olsinlar”,- qayd etdi HUMO Pay vakillari.
Bitta ilovada pulni komissiyasiz o‘tkazing, kommunal to‘lovlar uchun keshbek oling, xaridlarni smartfon orqali to‘lang va HUMO kartalaringizni boshqaring.
HUMO Pay afzalliklaridan foydalnish uchun ilovani yuklab oling va HUMO kartasini biriktiring. Agar ilova allaqachon o‘rnatib bo‘lingan bo‘lsa, dolzarb funksiyalarga ega bo‘lish uchun uni so‘nggi talqingacha yangilang.
HUMO milliy to‘lov tizimi butun O‘zbekiston bo‘ylab zamonaviy moliyaviy texnologiyalarni hammaboproq qilib va HUMO kartalari sohiblari uchun yangi imkoniyatlarni yaratib, raqamli servislarni rivojlantirishda davom etmoqda.
HUMO Pay’ni yuklab oling yoki ilovani so‘nggi talqinigacha yangilang:

