Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A

HUMO Samarkand Marathon 2026’da texnologiyalar, sport va zamonaviy san’atni birlashtirdi

HUMO Samarkand Marathon 2026’da texnologiyalar, sport va zamonaviy san’atni birlashtirdi
10 ноя 2026 11:10

HUMO Samarkand Marathon 2026’da texnologiyalar, sport va zamonaviy san’atni birlashtirdi



HUMO milliy to‘lov tizimi Samarkand Marathon 2026 xalqaro xayriya marafonining bosh hamkori bo‘ldi va innovatsion to‘lov yechimlari namoyish etilgan keng ko‘lamli interaktiv hudud, mahalliy musavvir ishtirokidagi maxsus art-loyiha va taqriban 100 nafar xodim, jumladan kompaniya rahbariyatidan iborat jamoani taqdim etdi.



7–8 noyabrda tarixiy Samarqand yana xalqaro sport harakatining markaziga aylandi. Samarkand Marathon 2026’da 60 dan ziyod mamlakatlardan minglab qatnashchilar – professional sportchilar, yugurish ishqibozlari, bolalar va inklyuziv startlar ishtirokchilari jamlandi.

HUMO milliy to‘lov tizimi sport rivojiga, ijtimoiy mas’uliyatning mustahkamlanishiga va O‘zbekistonning xalqaro maydondagi taniqliligini oshirishga xizmat qiladigan tashabbuslarga sadoqatini yana bir bor tasdiqlab, an’anaviy ravishda ushbu keng ko‘lamli tadbirning bosh hamkori bo‘ldi. 

Bu yil HUMO an’anaviy homiylik bilan kifoyalanib qolmadi. Kompaniya marafon hududiga zamonaviy to‘lov texnologiyalarini, san’at va o‘z korporativ tashabbuslarini integratsiyalab, tadbir qatnashchilari va mehmonlari bilan o‘zaro aloqalarning umumiy platformasini yaratdi.


HUMOning Samarkand Marathon’dagi ishtiroki milliy to‘lov tizimining yanada kengroq miqyosdagi – mamlakatning texnologik infratuzilmasi bo‘libgina qolmay, uning jamoat, madaniyat va ijtimoiy hayot sohalaridagi rivojining faol qatnashchisi ham bo‘lish missiyasining tajallisi bo‘ldi.


HUMOning 100 xodimi — marafon startida


JMB_2138.jpg



HUMO uchun sport harakatini qo‘llab-quvvatlash shaxsiy ishtirokdan boshlanadi. Kompaniyaning 100 nafar atrofida xodimi, jumladan rahbariyat vakillari, faol turmush tarzi, jamoaviy yakdillik va yangi yutuqlarga intilish tamoyillariga sadoqatni namoyon etib, Samarkand Marathon 2026 startiga chiqdilar.

Turli bo‘linmalarning xodimlari turfa masofalardagi yugurishlarda qatnashdilar va keng ko‘lamli xalqaro sport hamjamiyatining bir qismiga aylandilar.

HUMO xodimi – Mixail Pavlichev 50 yosh va undan kattalar yosh toifasida 5 km.lik masofada sazovor bo‘lgan oltin medali jamoaning alohida yutug‘i bo‘ldi.

Korporativ jamoaning ishtiroki HUMOning muhim tamoyilini alohida ta’kidladi: kompaniya jamoatchilik uchun ahamiyatga ega tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash bilan kifoyalanmaydi, balki unga o‘z xodimlarini ham jalb qilib, shaxsiy ishtirok va umumiy mas’uliyat madaniyatini shakllantiradi.


HUMO to‘lov texnologiyalari – tanishuvdan real foydalanishgacha


JMB_9953.jpg


Marafonning asosiy ohanrabo markazlaridan biri keng qamrovli HUMO interaktiv brend-zonasi bo‘ldi, unda zamonaviy to‘lov texnologiyalari kelajak yechimlari emas, balki kundalik hayotning hammabop vositalari sifatida taqdim etildi.

Tadbir qatnashchilari va mehmonlari milliy to‘lov tizimining raqamli servislari bilan shaxsan tanishish va ularni bevosita maydonning o‘zida sinab ko‘rish imkoniga ega bo‘ldilar.

Yuzni tanish yordamida xaridlar haqini to‘lash imkonini beruvchi HUMO Face texnologiyasi markaziy o‘rinni egalladi.

Tashrif buyuruvchilar to‘liq foydalanuvchi yo‘lini bosib o‘tish: HUMO PAY ilovasini yuklab olish, identifikatsiyadan o‘tish, bank kartasini biriktirish va bevosita maydonning o‘zida, masalan, ichimlik sotib olish uchun, yuz yordamida ilk to‘lov amalga oshirish imkoniga ega bo‘ldilar.

Shu tariqa, HUMO innovatsion texnologiyani keng auditoriya uchun tushunarli va hammabop qilib, biometrik to‘lovlarning amaliy qo‘llanilishini namoyish etdi.

Qo‘shimcha ravishda mehmonlarga Android’li smartfonda HUMO PAY orqali kontaktsiz to‘lov – qo‘lning bir harakati bilan xaridni amalga oshirish imkoniyati taqdim etildi.

HUMO aynan marafon uchun sotib olishga tayyor 400 ta to‘lov uzuklarini tayyorlab qo‘ydi.

Brend-zonaga tashrif buyuruvchilar uchun maxsus faollik amal qildi: HUMO PAY ilovasini yuklab olgan foydalanuvchilar xaridlarni to‘lash uchun 5 000 so‘m miqdorida bonusga ega bo‘ldilar.


Interaktiv hudud HUMO texnologiyalari bilan real hamkorlik makoniga aylandi, u yerda har bir tashrif buyuruvchi yangi to‘lov imkoniyatlari haqida xabardor bo‘libgina qolmay, bevosita ulardan foydalanish tajribasiga ham ega bo‘ldi.

JMB_9673 (2).jpg

HUMO Art of Movement: mahalliy san’atni qo‘llab-quvvatlash va milliy o‘ziga xoslikka yangi nazar


HUMOning marafondagi faoliyatida zamonaviy to‘lov texnologiyalari, sport va mahalliy san’atni birlashtirgan HUMO Art of Movement ijodiy loyihasi alohida o‘rin egalladi.

O‘zbekistonlik musavvir Robiya Qodirova bilan hamkorlikda HUMO harakat g‘ayrati, Samarqand muhiti va zamonaviy shahar madaniyatidan ilhom olgan noyob vizual konsepsiyani yaratdi.

Mualliflik badiiy tili, yorqin rang yechimlari va jo‘shqinlik ufurib turgan kompozitsiyalar maxsus Samarkand Marathon 2026ga bag‘ishlab chiqarilgan HUMO × Xalq Banki bank kartalarining cheklangan kolleksiyasining dizayniga asos bo‘ldi.


HUMO uchun mahalliy musavvirlar bilan hamkorlik – bu noyob vizual yechimlarni yaratish imkoniyatigina emas, balki O‘zbekiston zamonaviy san’atini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga qo‘shilgan ongli hissadir.

Milliy to‘lov tizimi sifatida, HUMO o‘z ahamiyatini jumladan ijodiy hamjamiyatning iqtidorli vakillari uchun yangi imkoniyatlarni yaratishda, ularning asarlarini ommalashtirishda va mahalliy san’atni zamonaviy mahsulotlar va jamoatchilik makonlariga integratsiyalashda ko‘radi.

HUMO Art of Movement loyihasi texnologik brend mahalliy mualliflarni ilgarilatish, kreativ industriya rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash va milliy madaniyat hamda zamonaviy texnologiyalar o‘rtasidagi yangi tutashuv nuqtalarini shakllantirish uchun platformaga aylanishi mumkinligini namoyish etadi.

Badiiy konsepsiya HUMO brend-zonasini rivojlantirishda davom ettirilib, tadbir makoni, raqamli mahsulotlar va cheklangan kartalar kolleksiyasini yagona vizual tarixga aylantirdi.

Shu tariqa, loyiha an’anaviy brendlash doirasidan chiqib, mahalliy san’atni keng auditoriya uchun yanada yaqinroq va hammaboproq qildi va san’at kundalik moliyaviy vositalarga naqadar uyg‘un integratsiyalashishi mumkinligining namunasi bo‘ldi.


Ijtimoiy mas’uliyat – HUMOning uzoq muddatli missiyasining bir qismi sifatida



Samarkand Marathon — bu xalqaro sport voqeasigina emas, balki hammabop sport infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli xayriya tashabbusi hamdir.

Samarkand Marathon seriyasi doirasida to‘plangan mablag‘lar musobaqalar o‘tkaziladigan hududlarda bolalar sport maydonlarini qurishga yo‘naltirilib, sport bilan shug‘ullanish hamda o‘sib kelayotgan yosh avlod o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni yaratadi.

Marafonni qo‘llab-quvvatlash HUMOning jamiyat uchun amaliy ahamiyatga ega loyihalarda qatnashishga asoslangan ijtimoiy mas’uliyatga uzoq muddatli yondashuviga muvofiq keladi.

Milliy to‘lov tizimi uchun mamlakat rivoji moliyaviy infratuzilmaning texnologik modernizatsiya bilan chegaralanmaydi. Sport, ta’lim, moliyaviy savodxonlik, madaniy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va milliy merosni saqlab qolish ahamiyati undan aslo kam bo‘lmagan yo‘nalishlar bo‘lib qoladi.

“HUMO uchun Samarkand Marathon’da ishtirok etish — bu bosh hamkor maqomiga qaraganda ancha katta ahamiyatga ega. Bu sport harakatini rivojlantirishga real hissa qo‘shish, ijtimoiy ahamiyatga ega tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va umumiy qadriyatlar atrofida odamlarni birlashtirish imkoniyatidir.

Milliy to‘lov tizimi sifatida, biz nafaqat zamonaviy moliyaviy texnologiyalarni rivojlantirish, balki jamiyat hayotida qatnashish borasida ham mas’uliyatni his qilamiz. Aynan shu sababli sport, madaniyat, ta’lim rivojiga xizmat qiluvchi va O‘zbekiston aholisi uchun yangi imkoniyatlarni ochadigan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash biz uchun muhim.

Bu yil biz bitta maydonda texnologik innovatsiyalar, jamoaviy ishtirok va zamonaviy san’atni birlashtirdik. Mahalliy musavvir bilan hamkorligimizni alohida qayd etmoqchiman – u HUMOning mahalliy iqtidorlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning ijodda o‘zini ko‘rsatishi uchun yangi makonlarni yaratishga intilishini aks ettiradi.

Marafon startiga 100 nafar atrofidagi xodimlarimiz, jumladan rahbariyatning shaxsan chiqqani alohida qadrli. Biz uchun ijobiy o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlabgina qolmay, ularning uzviy qismiga aylanish nihoyatda muhim”,- qayd etdi HUMO marketing va PR departamenti direktori Mariya Stroyeva.


HUMO — insonlarni birlashtirib, imkoniyatlar yaratuvchi texnologiyalar

HUMOning Samarkand Marathon 2026’da qatnashishi milliy to‘lov tizimi texnologik rivojlanishni salmoqli jamoatchilik tashabbuslari bilan qanday birlashtirish mumkinligini ko‘rsatdi.

Biometrik to‘lovlar va raqamli servislardan to ommaviy sport rivoji va mahalliy san’atni qo‘llab-quvvatlashgacha – HUMO insonlar kundalik hayotidagi ishtirokini izchil kengaytirmoqda.

HUMO uchun milliy to‘lov tizimi bo‘lish – qulay va zamonaviy to‘lovlarni ta’minlashgina emas, balki mamlakat iqtidorlarini, an’analarini va taraqqiyot sari intilishini qo‘llab-quvvatlab, mamlakat kelajagini shakllantirishda qatnashish hamdir.



HUMO rasmiy kanallari

Sayt: humocard.uz

Facebook: fb.com/humocard

Instagram: @humo_card

Telegram: t.me/humoofficial

Youtube: @humo_card

Linkedin: linkedin.com/humocarduz 



/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 3
Hozir saytda:
ro'yxatdan o'tganlar - ...
mehmonlar - ...
Oxirgi yangilanish: 10 ноября 2026, 12:37 (GMT+5)

Matnda xatolikni ko'rdingizmi? Sichqoncha bilan belgilang va bosing CTRL + ENTER
Sayt yaratuvchisi
Sayt 1C-Bitriksda ishlaydi®
www.pixelcraft.uz
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech