Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A

HUMO va Kaspi.kz O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida umumiy to‘lov makonini shakllantiradi

HUMO va Kaspi.kz O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida umumiy to‘lov makonini shakllantiradi
15 апр 2026 14:10
HUMO va Kaspi.kz O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida umumiy to‘lov makonini shakllantiradiHUMO va Kaspi.kz O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida umumiy to‘lov makonini shakllantiradi.

2026-yil 13-aprel, Buxoro, O‘zbekiston — Loyiha Markaziy Osiyoda umumiy raqamli makon shakllanishiga va mintaqaning jo‘shqin rivojlanayotgan fintex-xab sifatidagi maqomi mustahkamlanishiga xizmat qiladi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev ishtirokida 2026-yil 11-aprelda Buxoroda bo‘lib o‘tgan rasmiy tadbirlar doirasida Milliy banklararo protsessing markazi (HUMO to‘lov tizimi) va “Kaspi.kz” AJ kompaniyalarning rahbarlari darajasida ishchi uchrashuv o‘tkazdilar.


Muzokaralar “Kaspi.kz” direktorlar kengashining raisi Vyacheslav Kim va HUMO MBPM boshqaruvi raisi Ulug‘bek Bahodirov ishtirokida o‘tkazildi. Tomonlar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri transchegaraviy to‘lov muhitini va yangicha foydalanish ssenariylarini joriy etishga urg‘u bergan holda, ikki mamlakat moliyaviy infratuzilmalarining iqtisodiy hamkorligi, raqamlashtirilishi va integratsiyasini muhokama qildilar.


Tomonlar alohida loyihalardan quyidagilarni ko‘zda tutuvchi tizimli hamkorlikka o‘tish istagini tasdiqladilar:

— to‘lov ekotizimlarining texnologik integratsiyasi;
— qo‘shma to‘lov yechimlarini rivojlantirish;
— ikkala mamlakat foydalanuvchilari uchun qulay va hammabop servislarni yaratish.


Uchrashuv yakuni bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlik bitimlarini ishlab chiqish va kelgusida qabul qilish haqida kelishib olindi.


HUMO strategik e’tibori markazida — o‘zbek so‘mining xalqaro ekspansiyasi


Hamkorlik HUMOning milliy to‘lov infratuzilmasining rivojlantirishga va xalqaro miqyosda o‘zbek so‘mini ilgarilatishga qaratilgan strategik kursi doirasida amalga oshirilmoqda. Mintaqada xalqaro to‘lov tizimlari faoliyatining jadal kengayishi fonida HUMO o‘z yondashuvini rivojlantirmoqda: mustaqil moliyaviy “relslar”ni rivojlantirish va O‘zbekiston fuqarolari odatiy to‘lov vositalaridan foydalanib, yanada shaffof va foydali hisob-kitob shartlariga ega bo‘lgan holda, chet elda tovarlar va xizmatlar uchun milliy valyutada to‘lov qilish imkoniga ega bo‘ladigan shart-sharoitlarni yaratish.


“Transchegaraviy to‘lovlarni rivojlantirish – HUMOning asosiy ustuvorliklaridan biri. Kaspi.kz bilan hamkorlik to‘lov infratuzilmalarining integratsiyasi va mamlakatlarimiz fuqarolari uchun qulay servislarni ishlab chiqishda yangi imkoniyatlarni yaratadi. Biz O‘zbekistondan tashqaridagi to‘lovlar ham – jumladan milliy valyutadan foydalanish imkoniyati bilan – xuddi mamlakat ichida bo‘lganidek sodda, hammabop va odatiy bo‘lishigi sari izchil bormoqdamiz”,- qayd etdi Ulug‘bek Bahodirov.


Kaspi.kz bilan hamkorlik ushbu strategiyaning muhim unsuri sanaladi va mintaqaviy to‘lov infratuzilmasini shakllantirishdagi O‘zbekistonning maqomini mustahkamlaydi. Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlaridan biri QR-integratsiya loyihasini amalga oshirish sanaladi, u O‘zbekiston fuqarolariga Qozog‘iston Respublikasi hududidagi to‘lovlarni o‘zbek so‘mida amalga oshirish imkonini beradi. Avvalroq HUMO karta orqali to‘lovlarda, jumladan Qozog‘istondagi  Halyk Bank POS-terminallar va ATM tarmog‘ida HUMO kartalarini qabul qilish orqali shu kabi ssenariyni amalga oshirgandi.


Transchegaraviy to‘lov infratuzilmasining rivojlanishi amaliy faollikning o‘sishi, sayyohlar oqimining kengayishi va mamlakatlararo iqtisodiy hamkorlik mustahkamlanishi uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni ochadi.

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 24
Hozir saytda:
ro'yxatdan o'tganlar - ...
mehmonlar - ...
Oxirgi yangilanish: 16 апреля 2026, 12:55 (GMT+5)

Matnda xatolikni ko'rdingizmi? Sichqoncha bilan belgilang va bosing CTRL + ENTER
Sayt yaratuvchisi
Sayt 1C-Bitriksda ishlaydi®
www.pixelcraft.uz
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech