Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A

HUMO va “Rahmat” O‘zbekistonda fintexni rivojlantirish uchun sa’y-harakatlarni uyg‘unlashtiradi

HUMO va “Rahmat” O‘zbekistonda fintexni rivojlantirish uchun sa’y-harakatlarni uyg‘unlashtiradi
15 Jan 2026 16:13

HUMO va “Rahmat” O‘zbekistonda fintexni rivojlantirish uchun sa’y-harakatlarni uyg‘unlashtiradi

 

TOSHKENT, 2026-yil 14-yanvar — HUMO milliy to‘lov tizimi va MULTICARD to‘lov tashkiloti O‘zbekiston moliya bozorida birgalikda innovatsion raqamli yechimlarni ishlab chiqish va tatbiq etishga qaratilgan strategik hamkorlik to‘g‘risida Memorandumni imzoladilar.

 

Hujjatni HUMO Boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Maqsadjon Muhitdinov va “Multicard” bosh direktori Avaz Mutalov imzoladi. Kelishuv milliy to‘lov bozorining ikki yetakchi qatnashchisi o‘rtasida uzoq muddatli hamkorlik uchun zamin yaratadi.

 

Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari

Strategik hamkorlik doirasida tomonlar quyidagi tashabbuslarni amalga oshirishni rejalashtirgan:

-       Fintexdagi innovatsiyalar: moliyaviy texnologiyalar sohasida qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish va tatbiq etish.

-       Raqamli transformatsiya: biznes-jarayonlarni, ma’lumotlar tahlilini va IT-infratuzilmasini takomillashtirish.

-       Marketing qo‘llab-quvvatlash: keng qamrovli marketing va kommunikatsion targ’ibot kampaniyalarini amalga oshirish.

 

“Rahmat” to‘lov ekotizimini “Humo” mahsulotlar oilasiga to‘laqonli integratsiyalash, jumladan ham onlayn, ham oflayn muhitda to‘lovlarni qabul qilish uchun “Rahmat” yagona QR-kodini, shuningdek turli miqyosdagi savdo-xizmat ko‘rsatish korxonalari uchun “Rahmat” POS-yechimlarini joriy etish ko‘zda tutilmoqda.

 

Maqsadjon Muhitdinov, HUMO Boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari:

“Memorandum imzolanishi bizning bozor yetakchilari bilan hamkorlikni kengaytirishga intilishimizni aks ettiradi. Ekspertlikni uyg‘unlashtirish raqamli yechimlarni joriy etishni jadallashtirish, mijozlar tajribasini yaxshilash imkonini beradi va O‘zbekiston to‘lov bozorining transformatsiyasiga xizmat qiladi”.

 

Avaz Mutalov, “Multicard” bosh direktori:

“HUMO bilan hamkorlik – biz uchun strategik muhim qadam. Sa’y-harakatlarni birlashtirib, biz to‘lovlar qulayligini oshiradigan va raqamli servislarni har bir kishi uchun ochiq qiluvchi ilg‘or yechimlarni yarata olamiz. Qo‘shma tashabbuslarimiz butun bozorga ijobiy ta’sir ko‘rsatishiga aminmiz”.

 

HUMO va “Rahmat” o‘rtasida memorandum imzolanishi O‘zbekiston fintex-industriyasining rivojlanishidagi yangi bosqichni ifodalaydi va butun mamlakatda fuqarolar hamda biznes uchun raqamli moliyaviy xizmatlar hamyonbopligi, xavfsizligi va sifatini oshirishga qaratilgandir.

 

Ma’lumot o‘rnida

 

HUMO — butun mamlakat bo‘ylab kartali va raqamli to‘lovlarni ta’minlovchi milliy to‘lov tizimi.

Rahmat — Multicard to‘lov tashkilotining yagona brend ostida biznes uchun kompleks yechimlarni jamlovchi multiservis to‘lov platformasi.

Mahsulotlar oilasiga quyidagilar kiradi:

Rahmat POS — o‘rnatma fiskalizatsiyali va barcha turdagi to‘lovlarni qabul qilish imkoniyatiga ega 3 tasi 1 da kompleks POS-tizimi.

Rahmat Pay — to‘lovlarni qabul qilish, internet-ekvayring va ommaviy to‘lovlar servisi uchun yagona QR-kod.

Rahmat Pro xususiy tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun to‘lovlarni qabul qilish va avtomatizatsiyalangan soliq hisobi funksiyalariga ega ixtisoslashtirilgan yechim.

 


/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 100
Hozir saytda:
ro'yxatdan o'tganlar - ...
mehmonlar - ...
Oxirgi yangilanish: 20 January 2026, 10:32 (GMT+5)

Matnda xatolikni ko'rdingizmi? Sichqoncha bilan belgilang va bosing CTRL + ENTER
Sayt yaratuvchisi
Sayt 1C-Bitriksda ishlaydi®
www.pixelcraft.uz
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech