
Aksiya doirasida hamkor-banklardan birida HUMO kartasini rasmiylashtirish va avtomobilga yoqilg‘i quyish shoxobchasida 80 000 so‘m va undan katta miqdorda to‘lovni amalga oshirish kerak. Shu shartlar bajarilgandan keyin qatnashchining HUMO kartasiga 3 kun ichida 60 000 so‘m pul tushirib beriladi.
Aksiya uning o‘tkazilish davrida karta rachmiylashtirgan yangi foydalanuvchilarni qamrab oladi. Keshbek mutlaqo har bir qatnashchi uchun bir marta beriladi. Aksiyaning joriy etilishi HUMOning O‘zbekistonda naqdsiz to‘lovlarni rivojlantirish va kundalik hayotda to‘lovning qulay va hammabop to’lovlarini shakllantirish strategiyasini aks ettiradi.
Yoqilg‘i doimiy xarajatlar toifalaridan biri bo‘lib, bu segmentda qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlashni yo‘lga qo‘yish foydalanuvchilarning naqdsiz to‘lov shakliga yanada jadalroq o‘tishlariga xizmat qiladi. HUMO kartalarini hamkor-banklarda, jumladan SQB, Trastbank, Garant bank, Turonbank, Infinbank, Anorbank, BRB va Asaka bank'da BEPUL rasmiylashtirish mumkin.
Banklar ro‘yxati kengayib boradi.
HUMO tashabbusi moliyaviy amaliyotlarning qulayligini oshirishga va foydalanuvchilar uchun qo‘shimcha qadriyatlar yaratishga qaratilgan bo‘lib, odatiy kundalik xarajatlardan foyda olish imkonini beradi.
HUMO to‘g‘risida “Milliy banklararo protsessing markazi” AJ – O‘zbekistonning naqdsiz hisob-kitoblar infratuzilmasini rivojlantirishni, amaliyotlar protsessiingi va zamonaviy to‘lov texnologiyalarining joriy etilishini ta’minlovchi milliy to‘lov tizimidir.
OMMAVIY OFERTA
promo-aksiyada qatnashish to‘g‘risida
|
Toshkent sh. |
2026-y. 30-mart |
1. UMUMIY QOIDALAR
1.1. Ushbu promo-aksiya o‘tkazish to‘g‘risidagi Ommaviy oferta (keyingi o‘rinlarda – “Ommaviy oferta”) promo-aksiya (keyingi o‘rinlarda – “Aksiya”)ni o‘tkazish va unda qatnashish shartlarini belgilaydi.
1.2. Aksiya tashkilotchisi: “Milliy banklararo protsessing markazi” – “HUMO” milliy to‘lov tizimining operatori (keyingi o‘rinlarda – MBPM yoki “HUMO” MTT).
1.3. “HUMO” MTT bilan Aksiya o‘tkazish to‘g‘risida bitim tuzgan O‘zbekiston Respublikasi banki (keyingi o‘rinlarda – “Hamkor-bank”).
1.4. Aksiya qatnashchisi: ushbu Ommaviy oferta shartlarini akseptlagan, 18 yoshga to‘lgan layoqatli jismoniy shaxs (keyingi o‘rinlarda – “Qatnashchi”).
1.5. Aksiya “HUMO” MTT bank kartalari (keyingi o‘rinlarda – “HUMO kartasi”)ning hamkor-banklar tomonidan emissiyasini qo‘llab-quvvatlashga, shuningdek tovarlar, ishlar va xizmatlar haqini to‘lashda ulardan foydalanishni rag‘batlantirishga qaratilgan.
1.6. Aksiya O‘zbekiston Respublikasi butun hududida o‘tkaziladi.
1.7. Ushbu Ommaviy oferta 3.1. bandida ko‘zda tutilgan barcha amallarning Qatnashchi tomonidan bajarilishi ushbu Ommaviy oferta shartlarining qabul qilinishi (aksepti) deb sanaladi. Ko‘rsatilgan amallarni bajarish orqali, Qatnashchi ushbu Ommaviy oferta shartlari bilan tanishganligini va biror-bir shartlar yoki istisnolarsiz ularga roziligini tasdiqlaydi.
1.8. Ommaviy ofertaning amaldagi tahriri “HUMO” MTT veb-saytida joylashtiriladi: www.humocard.uz/_______/. Hamkor-banklar Aksiya o‘tkazilishi to‘g‘risidagi axborotni o‘z rasmiy veb-saytlarida albatta ushbu Ommaviy ofertaga havola bilan joylashtiradilar.
1.9. Hamkor-banklarning dolzarb ro‘yxati “HUMO” MTTning veb-saytida joylashtiriladi: www.humocard.uz/_______/. Ko‘rsatilgan ro‘yxat chop etish paytiga dolzarb bo‘lib, yangi Hamkor-banklar qo‘shilishi yoki oldin qo‘shilgan Hamkor-banklarning qatnashishni bekor qilishiga qarab yangilanib boradi.
2. AKSIYA O‘TKAZILISHI MUDDATI
2.1. Aksiya 2026-yil 1-apreldan 2026-yil 30-aprelgacha (shu kun ham kiradi) bo‘lgan muddatda (keyingi o‘rinlarda – “Aksiya davri”) o‘tkaziladi.
2.2. Aksiyada faqat Aksiya davrida Hamkor-bank tomonidan chiqarilgan HUMO kartalarigina qatnashadi. Aksiya maqsadlari uchun inobatga olinadigan tranzaksiyalar faqatgina Aksiya davrida amalga oshirilgan bo‘lishi lozim.
2.3. Ushbu Ommaviy ofertaning amal qilish muddati “HUMO” MTT tashabbusi bilan, “HUMO” MTT rasmiy veb-saytida tegishli axborotni va ushbu Ommaviy ofertaning yangilangan tahririni joylashtirish orqali uzaytirilishi mumkin.
3. QATNASHISH SHARTI VA AKSIYA MEXANIKASI
3.1. Aksiyada qatnashish va mukofotga ega bo‘lish uchun Qatnashchi Aksiya davrida bir vaqtda quyidagi shartlarni bajarishi lozim:
- Hamkor-bankda HUMO kartasini rasmiylashtirish (bo‘limda yoki mobil ilova orqali).
- HUMO kartasidan foydalangan holda O‘zbekiston Respublikasi hududidagi istalgan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasi (AYOQSH, AGTKSH YOKI AGQSH) yoki zaryadlash shoxobchasida kamida 80 000 (sakson ming) so‘mlik avtotransport vositalari uchun yoqilg‘i (benzin, dizel yoqilg‘isi yoki gaz) xarid qilish yoki elektromobilni zaryadlash xizmati haqini to‘lash.
3.2. Aksiyada faqat Hamkor-bank chiqargan HUMO kartalari qatnashadi, Kobeyj-kartalar (xalqaro to‘lov tizimlari bilan birgalikda chiqarilgan kartalar) Aksiyada qatnashmaydi.
3.3. Aksiya davrida Hamkor-bankda HUMO kartalarini rasmiylashtirish komissiyalar va boshqa mukofot to‘lovlarini (agar Hamkor-bank tariflarida shunday undiruvlar ko‘zda tutilgan bo‘lsa) undirishsiz amalga oshiriladi.
4. MUKOFOTLASH VA TO‘LOV TARTIBI
4.1. Ushbu Ommaviy ofertaning 3.1. bandi shartlari bajarilganda MBPM Qatnashchiga 60 000 (oltmish ming) so‘m miqdorida qat'iy belgilangan pul mukofotini o‘tkazadi. Ko‘rsatilgan mukofot summasi soliq to‘lovlaridan keyin belgilanadi. MBPM pul o‘tkazishni va daromad solig‘i hamda boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashni qonunda belgilangan tartibda mustaqil amalga oshiradi.
4.2. Ushbu Ommaviy ofertaning 4.1. bandida ko‘rsatilgan mukofot miqdori qat'iy belgilangan bo‘lib, ushbu Ommaviy ofertaning 3.1. bandida ko‘rsatilgan chegaradan oshuvchi tranzaksiya summasiga bog‘liq bo‘lmaydi.
4.3. Mukofot Qatnashchining HUMO kartasiga ushbu Ommaviy ofertaning 3.1. bandida ko‘rsatilgan tranzaksiya amalga oshirilgan sanadan boshlab 3 (uch) ish kunidan kechiktirmay o‘tkaziladi.
4.4. Mukofotlash har bir Qatnashchiga (JSHIR bo‘yicha) Aksiya davrida amalga oshirilgan birinchi tranzaksiyasi uchun taqdim etiladi. Ushbu cheklov ushbu Ommaviy ofertani akseptlagan barcha Qatnashchilarni qamrab oladi.
4.5. Qatnashchiga mukofotni to‘lash faqatgina MBPM tomonidan amalga oshiriladi. Hamkor-bank mukofot to‘lovchisi sanalmaydi va uni to‘lash bo‘yicha majburiyatga ega emas.
5. TOMONLARNING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI
5.1. Qatnashchi ushbu Ommaviy oferta shartlari bilan tanishib chiqish hamda Aksiyaning barcha shartlari tegishli tartibda bajarilgandan keyin mukofotni talab qilish majburiyatiga ega.
5.2. Qatnashchi ushbu Ommaviy oferta shartlariga rioya etish va Hamkor-bankga, zarur hollarda – “HUMO” MTTga haqqoniy axborot taqdim etish majburiyatiga ega.
5.3. “HUMO” MTT va Hamkor-bank Aksiyaning ushbu Ommaviy ofertaga muvofiq o‘tkazilishini ta'minlaydi va Qatnashchining ma'lumotlari maxfiy qolishini kafolatlaydi.
6. SHARTLARNI O‘ZGARTIRISH VA AKSIYANI BEKOR QILISH TARTIBI
6.1. “HUMO” MTT o‘z veb-saytida Ommaviy ofertaning yangilangan tahririni e'lon qilish orqali ushbu Ommaviy ofertaga bir tomonlama o‘zgartirish va (yoki) to‘ldirish kiritish, shuningdek Aksiya davrini o‘zgartirish huquqiga ega. Hamkor-banklar Aksiyani o‘tkazish shartlari o‘zgarganligi to‘g‘risidagi axborotni o‘z rasmiy veb-saytlarida joylashtiradilar.
6.2. Aksiya “HUMO” MTT tashabbusi bilan, uni davom ettirishni imkonsiz qiluvchi holatlar yuzaga kelganda muddatidan oldin tugatilishi mumkin. Muddatidan oldin tugatish to‘g‘risidagi axborot “HUMO” MTT veb-saytida joylashtiriladi.
6.3. Ommaviy ofertaga o‘zgartishlar kiritilganda yoki Aksiya muddatidan oldin tugatilganda “HUMO” MTT Qatnashchilar oldida ular ko‘rgan hech qanday ziyon yoki xarajatlar uchun javobgarlikni zimmasiga olmaydi.
6.4. “HUMO” MTT Hamkor-bank harakatlari yoki harakatsizligi bilan bog‘liq bo‘lgan Qatnashchining Aksiyada qatnashishi imkonsiz bo‘lishi uchun javobgarlikni zimmasiga olmaydi.
7. MAXFIYLIK VA SHAXSGA DOIR MA'LUMOTLAR
7.1. Ushbu Ommaviy ofertani akseptlash orqali, Qatnashchi Hamkor-bankga va “HUMO” MTTga uning shaxsga doir ma'lumotlari (FIO, JSHIR, HUMO kartasi rekvizitlari, amalga oshirilgan tranzaksiyalar to‘g‘risidagi ma'lumot va boshqalar)ni Aksiyani o‘tkazish va mukofot to‘lash maqsadlarida to‘plash, qayta ishlash va saqlashiga rozilik bildiradi.
7.2. “HUMO” MTT ma'lumotlarning O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq himoyalanishini kafolatlaydi.
8. TOMONLAR JAVOBGARLIGI
8.1. “HUMO” MTT va Hamkor-bank o‘z nazoratlari doirasidan tashqarida bo‘lgan telekommunikatsiya tarmoqlari, o‘tkazmalar tizimlari va avtoyoqilg‘i quyish shoxobchalari (AYOQSH, AGTKSH YOKI AGQSH) yoxud zaryadlash shoxobchalarining texnik vositalari ishidagi uzilishlar uchun javobgarlikni zimmasiga olmaydi.
8.2. Qatnashchi taqdim etiladigan ma'lumotlarning to‘g‘riligi va Aksiyada qatnashish shartlariga rioya etish uchun javobgardir.
8.3. “HUMO” MTT va Hamkor-bank quyidagilar uchun javobgarlikni zimmasiga olmaydi:
- Qatnashchining ushbu Ommaviy oferta shartlari bilan tanishmasligi, shuningdek Aksiyani o‘tkazish natijalari bilan tanishmaslik;
- uyali aloqa operatorlari va internet-provayderlaridagi texnik uzilishlar, nosozliklar va profilaktika ishlari;
- Qatnashchi tomonidan Aksiyada qatnashish va (yoki) mukofot olish bilan bog‘liq ravishda ko‘rilgan har qanday xarajatlar va (yoki) ziyonlar.
8.4. Qatnashchilar Aksiyada qatnashish bilan bog‘liq barcha xarajatlarini (internet, yoqilg‘i sotib olish va sh.k.)ni mustaqil to‘laydilar.
8.5. “HUMO” MTT va Hamkor-bank telefon raqami yoki HUMO kartasi tegishliligi to‘g‘risidagi bahslarni ko‘rib chiqmaydi; bunday masalalarni Qatnashchi mustaqil hal qiladi.
9. MOJAROLARNI HAL QILISH TARTIBI
9.1. Ushbu Ommaviy oferta bilan bog‘liq barcha kelishmovchiliklar va mojarolar Qatnashchi va MBPM o‘rtasida muzokaralar yo‘li bilan, oqilona muddat davomida hal etiladi.
9.2. Kelishuvga erishilmaganda mojaro MBPM ro‘yxatga olingan joy bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq sud tartibida ko‘rib chiqiladi.
10. BOSHQA QOIDALAR
10.1. Ushbu Ommaviy ofertada tartibga solinmagan barcha masalalar O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi bilan tartibga solinadi.
10.2. Ushbu Ommaviy oferta u “HUMO” MTT veb-saytiga joylashtirilgan paytdan kuchga kiradi va Aksiya davri yakunlanguniga qadar yoki Aksiyaning muddatidan oldin tugatilishiga qadar amal qiladi. Qatnashchiga mukofot to‘lash bo‘yicha majburiyatlar borasida ushbu Ommaviy oferta to ular to‘liq bajarilguniga qadar amal qiladi.
MBPM REKVIZITLARI:
“Milliy banklararo protsessing markazi” AJ
Manzil: 100047, Toshkent, Maxtumquli ko‘ch., 178/1-uy.
STIR: 302 900 674

