Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A

Naqd pul o‘rniga smartfon: chet elda ANORBANKdan HUMO kartasi bilan qanday to‘lash mumkin

Naqd pul o‘rniga smartfon: chet elda ANORBANKdan HUMO kartasi bilan qanday to‘lash mumkin
2 мар 2026 16:45

Oddiy xalqaro kartalar o‘tmaydigan joylarda QR-kod orqali to‘lov yordamga keladi. HUMO, ANORBANK va Alipay+ integratsiyasi tufayli endi Xitoy va yana 50 dan ortiq mamlakatda xaridlarni bir bosishda – tez, qulay va xavfsiz amalga oshirish mumkin.


Sayohat qiling va uyda bo‘lgani kabi oson to‘lang


O‘zbekiston fuqarolarining safarlar geografiyasi jadal kengaymoqda: tobora ko‘proq insonlar dam olish, ta’lim olish va xizmat safari bilan xorijga chiqmoqda. Eng ommabop yo‘nalishlardan biri Xitoy bo‘lib, viza rejimi bekor qilingach, sayyohlar va tadbirkorlar oqimi sezilarli darajada oshdi.


Mazkur tendensiyaga javoban HUMO to‘lov tizimi global Alipay+ platformasi bilan integratsiyani amalga oshirdi va mamlakat banklari uchun xalqaro to‘lov infratuzilmasiga kirish imkoniyatini yaratdi. Ushbu imkoniyatni birinchilardan bo‘lib ANORBANK joriy etdi – Alipay+ orqali to‘lov bankning mobil ilovasida paydo bo‘ldi.


Endilikda ANORBANKdan HUMO kartasi xorijda xarid qilish uchun universal vositaga aylandi.


Bu qanday ishlaydi


Xarid uchun to‘lovni O‘zbekistondagidek oson amalga oshirasiz:

  1. ANORBANK mobil ilovasini oching
  2. “To‘lov” bo‘limiga o‘ting
  3. “Tezkor amallar” → “Alipay+ orqali to‘lash”ni tanlang
  4. QR-kodni skaner qiling

✔ Mablag‘ HUMO kartasidan yechib olinadi
✔ Summa avtomatik ravishda mahalliy valyutaga konvertatsiya qilinadi
✔ Balans real vaqt rejimida yangilanadi

✔ Ayirboshlash shoxobchalari, naqd pul va ortiqcha harakatlarsiz.


Ayniqsa Xitoyda juda qulay


XXRda QR-to‘lov asosiy hisob-kitob usuli hisoblanadi. Xalqaro kartalar hamma joyda ham qabul qilinmaydi, naqd to‘lovda esa ko‘pincha qaytim bilan bog‘liq muammolar yuzaga keladi.


ANORBANKdan HUMO kartasi bilan siz do‘kon va kafelarda to‘lov qilishingiz, ko‘cha taomlarini xarid qilishingiz, bozorlarda hisob-kitob qilishingiz hamda suvenirlar sotib olishingiz mumkin — xuddi mahalliy aholi kabi oson.


Har bir tranzaksiyada xavfsizlik


Alipay+ orqali to‘lov naqd pul bilan bog‘liq xatarlarni kamaytiradi:

  • karta ma’lumotlari sotuvchiga uzatilmaydi
  • tranzaksiyalar himoyalangan bank infratuzilmasi orqali amalga oshiriladi
  • mablag‘ hamyonda emas, hisobingizda saqlanadi

Bu ayniqsa sayohat vaqtida muhim.


50 dan ortiq mamlakatda to‘lov imkoniyati


Alipay+ orqali ANORBANKdan HUMO kartasi egalari Xitoy, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Gruziya, Yevropa mamlakatlari, Turkiya, BAA, Malayziya, Tailand, Singapur, Janubiy Koreya, Yaponiya, AQSH va boshqa ommabop yo‘nalishlarda to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.


Xizmat geografiyasi doimiy ravishda kengayib bormoqda.


Cheklovlarsiz sayohat qiling


HUMO, ANORBANK va Alipay+ integratsiyasi – bu:

✔ xorijda odatiy va qulay to‘lovlar
✔ xarajatlar ustidan to‘liq nazorat
✔ naqd pulsiz xavfsizlik
✔ sayohat uchun yagona to‘lov vositasi


Erkin sayohat qiling – HUMO va ANORBANK butun dunyo bo‘ylab hisob-kitoblaringiz haqida qayg‘uradi.

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 16
Hozir saytda:
ro'yxatdan o'tganlar - ...
mehmonlar - ...
Oxirgi yangilanish: 2 марта 2026, 18:53 (GMT+5)

Matnda xatolikni ko'rdingizmi? Sichqoncha bilan belgilang va bosing CTRL + ENTER
Sayt yaratuvchisi
Sayt 1C-Bitriksda ishlaydi®
www.pixelcraft.uz
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech