
O‘zbekistonda davlat obligatsiyalari bilan ta’minlangan token chiqarildi
2025-yil 10-iyul, Toshkent, O‘zbekiston
Bugun HUMO milliy to‘lov tizimi O‘zbekiston davlat obligatsiyalari bilan ta’minlangan HUMO tokenini chiqarish bo‘yicha sinov loyihasi ishga tushgani haqida e’lon qildi. Yangi token sho‘ba korxonasi – “HUMO Digital” kompaniyasi tomonidan chiqarilmoqda. Bu iqtisodiyotning moliyaviy sektorida innovatsion yechimlarni rivojlantirishdagi muhim bosqichdir.
HUMO tokenining chiqarilishi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (ILMA) tomonidan raqamli aktivlar yagona reestrida ro‘yxatdan o‘tkazildi. Mavjudlik va saqlanish ustidan nazoratni “Asterium” kriptodepozitariysi amalga oshiradi. Token ta’minoti sifatida O‘zbekiston davlat obligatsiyalari qatnashadi, bu aktivning barqarorligini kafolatlab, qiymatidagi qalqishlarni minimallashtiradi.
HUMO tokeni — O‘zbekiston moliya sektori texnologik transformatsiyasining asosiy drayverlaridan biri bo‘lgan HUMO milliy to‘lov tizimining loyihasidir. 35 milliondan ortiq kartalari mavjud bo‘lgan, mamlakat bank va savdo infratuzilmasiga keng integratsiyalangan HUMO millionlab fuqarolarning kundalik moliyaviy hayotida muhim rol o‘ynaydi.
Token chiqarilishi xorijiy investitsiyalar jalb qilinishiga, biznes uchun hisob-kitoblar soddalashuviga va moliyaviy amaliyotlar shaffofligining oshishiga xizmat qiladi. Ta’minlangan tokendan foydalanish tranzaksiyalar ustidan nazoratni kuchaytiradi va innovatsion vositalarga ishonchni mustahkamlaydi.
HUMO ta’minlangan tokeni foydalanuvchilarga qator asosiy afzalliklarni taklif etadi: tokenni fiat mablag‘lariga hech qanday kechikishlar va vositachilarsiz, bir zumda va avtomatlashtirilgan jarayonlar orqali ayirboshlash, tranzaksiya xarajatlarini kamaytirish, barcha operatsiyalarning shaffofligi va xavfsizligini oshirish maqsadida hamma operatsiyalarni taqsimlangan ma’lumotlar reestrida (blokcheynda) qayd etish.
Sinov bosqichidan kutilgan maqsad – biznes va chakana foydalanuvchilar ishtirokida hisob-kitob va integratsiyaviy mexanizmlarni qo‘llab, testdan o‘tkazish, shuningdek tokendan real moliyaviy jarayonlarda foydalanish ssenariysini ishlab chiqishdir.
Яқин келажакдаги режаларда ҳисоб-китоблар ва операцияларда технологик воситалардан фойдаланишга қизиқувчи компаниялар учун янги имкониятларни ишга тушириш мавжуд. HUMO таъминланган токенининг технологик ечимларга интеграцияси ҳамда электрон савдо майдончаларида листинги ҳам режалаштирилган. HUMO таъминланган токенини чиқариш ва муомалага киритиш механизми мамлакатнинг мавжуд молиявий инфратузилмасига интеграцияни ҳисобга олган ҳолда ишлаб чиқилган.
Maqsad Muhitdinov, “Milliy banklararo protsessing markazi” AJ (HUMO milliy to‘lov tizimi operatori) Boshqaruvi Raisi v.v.b:
“HUMO tokenining emissiyasi – bu ekotizimimizni rivojlantirishdagi mantiqiy qadam bo‘lib, xavfsiz va tartibga solinuvchi, ta’minlangan aktiv yaratishga qaratilgandir. Biz taqsimlangan ma’lumotlar reestri texnologiyalarining afzalliklarini milliy infratuzilmaning ishonchliligi bilan birlashtirib, foydalanuvchilarga qulaylik va shaffoflikni ta’minlashga intilamiz”.
Komilxo‘ja Sultonov, “Asterium” direktori:
“Ushbu loyiha – shunchaki yangi texnologiyalar tatbig‘i emas, balki shaffof va barqaror moliyaviy muhitni shakllantirish sari salmoqli qadamdir. U kelajak iqtisodiyotini qurish uchun imkoniyatlar yaratadi va, bir vaqtning o‘zida, “Asterium”ning O‘zbekistondagi texnologik transformatsiyaning drayverlaridan biri sifatidagi maqomini mustahkamlaydi.
https://humo-token.uz/blog

