Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A

Plastik karta yoʻqotilgan holatda qanday yo’l tutish mumkin?

Plastik karta yoʻqotilgan holatda qanday yo’l tutish mumkin?
23 Nov 2019 10:02
Kartangizni yoʻqotib qoʻyganingiz aniqlanganda kartangizdan pullaringizni yechib olmasliklari uchun siz uni darhol blokka tushirib qoʻying.

Siz kartangizni quyidagi usullar bilan bloklab qoʻyishingiz mumkin:

1. Agar sizda bankning mobil ilovasi boʻlsa va sizning kartangiz unga qoʻshilgan boʻlsa, kartangizni mobil ilova orqali bloklang.
2. Mobil ilova boʻlmagan hollarda siz xizmat koʻrsatuvchi bankning malumot-markaziga qoʻngʻiroq qilishingiz va kartangizni bloklab qoʻyishingiz mumkin.
3 Siz xizmat koʻrsatuvchi bankka tashrif buyurib oʻz kartangizni bloklashingiz mumkin. Yoningizda shaxsingizni tasdiqlovchi guvohnoma boʻlishi kerak, xolos.

Kartangiz bloklab qoʻyilganidan keyin, Siz xizmat koʻrsatadigan bankda, xizmat haqini toʻlagan holda (uning qiymati har bir bankning oʻziga bogʻliq) kartangizni qayta chiqarishingiz kerak boʻladi. Agar siz kartangizni topib olgan boʻlsangiz, uni shunchaki blokdan chiqartirsangiz boʻldi.

Sizning eski kartangizda boʻlgan barcha mablagʻlaringiz yangi kartaga oʻtkaziladi.

Shuni yodda tutingki, kartani bankdan qayta chiqartirganingizdan soʻng siz SMS-xabarlar xizmatini yangidan faollashtirishingiz zarur boʻladi.

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 10548
My.gov.uz
Hozir saytda:
ro'yxatdan o'tganlar - ...
mehmonlar - ...
Oxirgi yangilanish: 20 Aprel 2024, 17:08 (GMT+5)

Matnda xatolikni ko'rdingizmi? Sichqoncha bilan belgilang va bosing CTRL + ENTER
Sayt yaratuvchisi
Sayt 1C-Bitriksda ishlaydi®
pixelcraft.uz
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech