Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A

Rasmiy munosabat

Rasmiy munosabat
5 Oct 2023 15:56
Rasmiy munosabat

So‘nggi kunlarda ayrim foydalanuvchilarda HUMO kartalari orqali mobil ilovalarda to‘lovlar va p2p-o‘tkazmalarni amalga oshirishda qiyinchiliklar kuzatildi. Kompaniya vaziyat sabablarini aniqlab, kelgusida takrorlanishini oldini olish uchun zaruriy choralarni ko‘rdi. Biroq, ayrim savdo va xizmat ko‘rsatish nuqtalarida terminal egalari tomonidan go‘yoki "HUMO to‘lov tizimi bir necha kundan buyon ishlamayotganini" ro‘kach qilib, xaridorlardan to‘lov uchun HUMO kartasini qabul qilishni rad etish holatlari uchramoqda.

Hurmatli xaridorlar va isteʼmolchilar!

Shuni maʼlum qilamizki, HUMO kartalaridagi amaliyotlar bilan bog‘liq qiyinchiliklar faqatgina bank va to‘lov ilovalarida kuzatilgan bo‘lib, bu holat HUMO terminallari va bankomatlari orqali amaliyotlarga taʼsir qilmagan. Sizdan bank kartalarini to‘lovga qabul qilishni rad etish holatlari bo‘yicha Davlat soliq xizmatining 71 2023282 yoki 1198 raqamlaridagi ishonch telefoniga, shuningdek MBPMning 71 2000888 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingizni so‘raymiz.

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 1093
Hozir saytda:
ro'yxatdan o'tganlar - 0
mehmonlar - hech kim
Oxirgi yangilanish: 13 May 2024, 21:53 (GMT+5)

Matnda xatolikni ko'rdingizmi? Sichqoncha bilan belgilang va bosing CTRL + ENTER
Sayt yaratuvchisi
Sayt 1C-Bitriksda ishlaydi®
pixelcraft.uz
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech