Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A

TBC Bank Georgia (Gruziya) tarmog‘ida HUMO kartalariga xizmat ko‘rsatishdagi vaqtinchalik o‘zgarishlar haqida

9 фев 2026 20:36

2026-yil 10-fevraldan boshlab HUMO kartalari bo‘yicha operatsiyalar TBC Bank Georgia infratuzilmasida Gruziya to‘lov infratuzilmasi bilan hamkorlikning navbatdagi bosqichiga o‘tilishi munosabati bilan vaqtinchalik cheklanadi.


Hozirda to‘lov tizimi mahalliy regulyatorning yangilangan talablariga muvofiq ro‘yxatdan o‘tmoqda. Bu xalqaro to‘lov xizmatlarini kengaytirish va rasmiylashtirish jarayonida qo‘llaniladigan standart amaliyot hisoblanadi.


Ushbu o‘tish davri regulyatorlik tartib-taomillarini yakunlash uchun zarur bo‘lib, ilgari amalga oshirilgan operatsiyalarning xavfsizligi yoki to‘g‘riligiga hech qanday aloqasi yo‘q. Ro‘yxatdan o‘tkazish yakunlangach, kartalarga xizmat ko‘rsatish darhol tiklanadi.


HUMO va TBC Bank jamoalari jarayonni imkon qadar tezroq yakunlash uchun hamkorlar va regulyator bilan doimiy ravishda ish olib bormoqda.


TBC Bank tomonidan chiqarilgan HUMO kartalari egalari Gruziyaga safar rejalashtirayotgan yoki hozirda u yerda bo‘lgan holatlarda quyidagilarni tavsiya qilamiz:


  • 2026-yil 10-fevralga qadar TBC Bank Georgia tarmog‘ida zarur operatsiyalarni yakunlash;
  • Ushbu davrda muqobil to‘lov usullaridan foydalanish yoki oldindan naqd pul yechib olish.

Mazkur o‘zgarishlar faqat Gruziyadagi TBC Bank infratuzilmasiga taalluqli bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi hududida va boshqa hamkor tarmoqlarda HUMO kartalarining ishlashiga ta’sir qilmasligini ma'lum qilamiz.

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 10
Hozir saytda:
ro'yxatdan o'tganlar - ...
mehmonlar - ...
Oxirgi yangilanish: 9 февраля 2026, 20:40 (GMT+5)

Matnda xatolikni ko'rdingizmi? Sichqoncha bilan belgilang va bosing CTRL + ENTER
Sayt yaratuvchisi
Sayt 1C-Bitriksda ishlaydi®
www.pixelcraft.uz
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech