Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A

HUMO UnionPay kartalarini qabul qilishni boshladi

HUMO UnionPay kartalarini qabul qilishni boshladi
23 Mar 2021 17:41

2021 yil 22 martdan boshlab UnionPay karta egalari HUMO to’lov tizimining butun tarmog'I orqali kontaktsiz to'lovlardan bahramand bo'lishlari va naqd pul olishlari mumkin. Mamlakatda UnionPay qabul qilish tarmog'ini rivojlantirish katta ahamiyatga ega, savdo va xizmat ko'rsatish korxonalari tomonidan mahalliy iste'molchilarga va O'zbekistonga tashrif buyurgan chet ellik mehmonlarga xizmat ko'rsatish uchun qo'shimcha imkoniyatlar yaratadi va umuman raqamli tizimni yanada rivojlantirishga yordam beradi. Ushbu loyihani ishga tushirish orqali UnionPayni qabul qilish qamrovi darajasi deyarli 100% ga etadi va bu mamlakatning, ayniqsa Xitoy va Janubi-Sharqiy Osiyo sayyohlari uchun turistik jozibadorligini oshirishga bevosita ta'sir qiladi.


«Biz ilg'or va qulay yechimlarni taqdim etish hamda xorijiy mehmonlar uchun qo'shimcha imkoniyatlarni yaratish ustida ishlashni davom etamiz. Men HUMO ning xalqaro hamkorlari ro'yhatidan VISA va Mastercard dan so'ng UnionPay ni ham o'rin olganidan xursandman. Ishonchim komilki, UnionPay xalqaro kartalari egalari aloqasiz to'lov qulayliklarini ijobiy baholashadi. Shuni eslatib o'tish lozimki, UnionPay kartalaridan to'lovlarni qabul qilishni boshlash uchun tadbirkor bankka borishi shart emas, onlayn yangilanishdan so'ng terminal darhol kartalar bilan ishlashga tayyor bo'ladi», – deydi MBPM direktori Shuhratbek Qurbanov.


UnionPay International


UnionPay International (UPI), UnionPay global biznesini rivojlantirish va qo'llab-quvvatlash bo’yicha faoliyat yuritadi. UnionPay International 2,400 dan ortiq moliya institutlari bilan hamkorlikda dunyoning 180 mamlakatida qabul qilinadi va dunyoning 68 mamlakatida UnionPay kartalari muomalaga chiqariladi. UnionPay International dunyodagi eng yirik karta egalari bazasiga yuqori sifatli, tejamkor va xavfsiz transchegaraviy to'lov xizmatlarini taqdim etadi va tobora ko'payib borayotgan global UnionPay karta egalari va savdo xamda xizmat ko’rsatish korhonalariga qulay mahalliy xizmatlarni taqdim etadi.


Shunday qilib, MBPM ish boshlaganidan 2 yil o'tmay, to'rtta tizimning kartalariga xizmat ko'rsatishni boshladi: HUMO, Mastercard, VISA, UnionPay International.


2021-yil mart oyiga kelib respublika bo'ylab 4 100 dan ortiq bankomatlar va 230 000 ta terminallar o'rnatildi.



/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 1186
Hozir saytda:
ro'yxatdan o'tganlar - 0
mehmonlar - 3
Oxirgi yangilanish: 14 May 2024, 14:20 (GMT+5)

Matnda xatolikni ko'rdingizmi? Sichqoncha bilan belgilang va bosing CTRL + ENTER
Sayt yaratuvchisi
Sayt 1C-Bitriksda ishlaydi®
www.pixelcraft.uz
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech