"KDB Bank O’zbekiston" AJ - O'zbekistondagi eng yirik xalqaro bank. Banking asosiy aktsioneri 86,32% ulushga va yetakchi xalqaro reyting agentliklarining eng yuqori kredit reytinglariga ega "KDB Bank", Janubiy Koreya (Koreya Taraqqiyot Banki) hisoblanadi. "KDB Bank O’zbekiston" AJ - mijozlarga bank xizmatlari ko'rsatuvchi KDBning O'zbekistondagi sho'ba korxonasi. Bankning asosiy mijozlari - xorijiy kompaniyalar, qo’shma korxonalar, sho’ba korxonalar, ishlab chiqarish, savdo-sotiq va xizmat ko’rsatish sohasidagi yirik firma va tashkilotlar, xorijiy davlatlarning diplomatik vakolatxonalari, xalqaro kompaniyalarning vakolatxonalari.