Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A

Toshkent City Mall savdo markazida HUMO promo-zonasini ishlab chiqarish, yetkazib berish va montaj qilish bo‘yicha ochiq tanlov

Toshkent City Mall savdo markazida HUMO promo-zonasini ishlab chiqarish, yetkazib berish va montaj qilish bo‘yicha ochiq tanlov

«Milliy banklararo protsessing markazi» AJ Toshkent City Mall savdo markazida HUMO promo-zonasini ishlab chiqarish, yetkazib berish va montaj qilish xizmatlarini xarid qilish bo‘yicha ochiq tanlov e’lon qiladi.

Loyiha asosi

Toshkent City Mall savdo markazida HUMO brendining mavjudligini ta’minlash hamda HUMO to‘lov uzuklarini taqdim etish va sotish uchun mo‘ljallangan imidj promo-zonasini tashkil etish maqsadida «Milliy banklararo protsessing markazi» AJ promo-zonani ishlab chiqarish, yetkazib berish va montaj qilish bo‘yicha pudratchi tashkilotni tanlash uchun ochiq tanlov e’lon qiladi.

Loyiha doirasida «kalit topshirish» tamoyili asosida kompleks ishlarni bajarish, jumladan, konstruktorlik hujjatlarini ishlab chiqish va moslashtirish, konstruksiya elementlarini ishlab chiqarish, brendlash, namoyish vitrinasini tayyorlash va o‘rnatish, digital-ekranni o‘rnatish va ulash, dekorativ hamda funksional yoritishni tashkil etish, elektr montaj ishlarini bajarish, yetkazib berish, yuklash-tushirish ishlari, montaj va texnik xizmat ko‘rsatish nazarda tutiladi.

Promo-zona tasdiqlangan vizual konsepsiya va HUMO firma uslubiga, shuningdek, texnik topshiriq talablariga, jumladan, foydalaniladigan materiallarning sifati, konstruksiyaning xavfsizligi va ishonchliligi, brendlash, yoritish, elektr ta’minoti hamda tashrif buyuruvchilar oqimi yuqori bo‘lgan sharoitlarda foydalanish talablariga javob berishi lozim.

Tijorat takliflarini o‘zaro taqqoslash imkoniyatini ta’minlash maqsadida tanlov ishtirokchilari xarajatlarning batafsil hisob-kitobini taqdim etishlari, bunda konstruksiyani ishlab chiqarish, asos, vitrina, brendlash, yoritish, digital-ekran, elektr ishlari, yetkazib berish, montaj va texnik xizmat ko‘rsatish qiymatlarini alohida ko‘rsatishlari, shuningdek, ishlab chiqarish va montaj muddatlari, kafolat muddati hamda keyingi texnik xizmat ko‘rsatish shartlarini ko‘rsatishlari zarur.

Tanlovning maqsadi

Tasdiqlangan vizual konsepsiya va Buyurtmachining talablariga muvofiq Toshkent City Mall savdo markazida HUMO promo-zonasini sifatli ishlab chiqarish, yetkazib berish va montaj qilish uchun zarur tajriba va resurslarga ega bo‘lgan malakali pudratchi tashkilotni tanlash.

Ishlar va foydalaniladigan materiallarga qo‘yiladigan batafsil texnik talablar texnik topshiriqda bayon etilgan.

Tanlov shakli

Ochiq tanlov.

Tijorat takliflarini taqdim etish muddati
2026-yil 26-avgust kuni, shu kunni ham hisobga olgan holda.
Arizalarni taqdim etish tartibi

Tijorat takliflari elektron shaklda quyidagi manzil orqali qabul qilinadi: tender@nmpc.uz

«Milliy banklararo protsessing markazi» AJ barcha manfaatdor va malakali tashkilotlarni ochiq tanlovda ishtirok etishga taklif qiladi.


Файл
Yuklab olish
Hajmi: 910.23 KB



 
Hozir saytda:
ro'yxatdan o'tganlar - 0
mehmonlar - hech kim
Oxirgi yangilanish: 26 августа 2026, 12:52 (GMT+5)

Matnda xatolikni ko'rdingizmi? Sichqoncha bilan belgilang va bosing CTRL + ENTER
Sayt yaratuvchisi
Sayt 1C-Bitriksda ishlaydi®
www.pixelcraft.uz
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech