Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A

Terminallar

Deck 3500 002.jpg

Ingenico Desk 3500

  •           Yangi avlod terminallarida toʼlovlar ilovalarni boshqarish
  •           NFC toʼlovlar: qulay isteʼmol tajribasi
  •           Xavfsizlikning eng qatʼiy talablariga mos ekanligi
  •           Qulay karta riderlari va ilovalar menyusi tufayli toʼlov jarayonining qulayligi

Desk 3500 uzluksiz toʼlovning noyob tajribasini taklif etadi. Terminal TELIUM ilovalarini boshqaradi
va kelajak xavfsizligi standartlariga javob beradi. Terminal NFC, EMV Chip&PIN, magnit va kontaktsiz
bank kartalari yordamida toʼlovlarni amalga oshirish imkoniyatini beradi. Terminal Desk 3500 Ethernet
va modem orqali aloqa kanallari, shuningdek simsiz aloqa kanallari: GPRS, Dual SIM - bilan jixozlangan
boʼlib, ular aloqa uchun sarf-xarajatlarni maqbullashtirish imkoniyatini beradi. Desk 3500 terminallari
kartalarni oʼqish zonalari qulay joylashgani tufayli kontaktsiz toʼlovlar jarayonini jadallashtiradi va bu
oʼz-oʼzidan tranzaktsiyalarning umumiy oqimi tezligi koʼpayishiga sabab buladi.


move 2500.jpg
Ingenico Move 2500 / 3500

  •           Elektr yoʼkligida va tarmoq nosozliklari roʼy berganda toʼlovlar qilish imkoni mavjudligi
  •           NFC yordamida toʼlovlar
  •           Ishonchli, samarali, arzon va xavfsiz

Move (2500/3500) turkumi – maqbul toʼlov tajribasi. Bu ixcham simsiz terminallar xar qanday biznesda
ideal yordamchidir, ixchamligi va avtonom ishlash imkoni borligi uchun ulardan doʼkonda xam, koʼchma
savdo sharoitlarida xam foydalanish mumkin. Move (2500/3500) turkumi toʼlov xavfsizligining eng qatʼiy
standartlariga javob beradi, xavfsizlikning eng soʼnggi PCI PTS 5.x talablari boʼyicha muvofiqlik sertifikatiga ega.
Bu terminallar NFC, EMV Chip&PIN, magnit va kontaktsiz bank kartalari yordamida toʼlovlarni amalga
oshirish imkoniyatini beradi. Dasturiy taʼminotning muntazam yangilanib turishi va kundalik qoʼllab-quvvatlash
bu terminallarning muammosiz ishlashini taminlaydi. Move 3500 katta 3,2” ekraniga ega va 3G xamda
GRPS tarmoqlari bilan bir qatorda 4G ga xam ulanish, shuningdek zarurat boʼlganda WI-FI ga ulanish imkoniyati xam mavjud.




Soft POS yechimlar


Ariasoft.jpg

ARIASOFT.T2P

  •           Toʼlovlarni Android smartfonida qabul qilish
  •           NFC yordamida toʼlovlar
  •           “Engillashtirilgan dasturiy taʼminot” texnologiyasi

Android smartfonida toʼlov qilish uchun qarorlarni tez faollashtirish. “HUMO” milliy toʼlov tizimi va boshqa xalqaro
toʼlov tizimlarining kartalari NFC orqali kontaktsiz toʼlovning standart protokollari boʼyicha qabul kilinishi mumkin.
“Engillashtirilgan dasturiy taʼminot” arxitekturasi. Biznes logika parametrlarini ARIASOFT.HOST orqali markazlashgan
holda oʼzgartirish va smartfon uchun ilovalarni uni qayta oʼchirib yondirmasdan masofadan turib yangilash imkoniyatini
beradi. Savdo-xizmat koʼrsatish korxonasi tomonida tranzaktsiyalar bajarilishi stsenariysi ustidan toʼliq nazoratni taʼminlaydi.
Ilova PA-DSS sertifikatiga ega boʼlib, bu toʼlovlarni xavfsiz amalga oshirilishini kafolatlaydi.
Ushbu havola orqali tanishish mumkin: https://nedeks.uz/katalog/softpos/


Marta.jpg

MARTA SoftPos

  •           Toʼlovlarni Android smartfonida qabul qilish
  •           NFC yordamida toʼlovlar
  •           Sizning toʼlov kartangiz boʼyicha tranzaktsiyalar oqimi ustidan toʼliq nazorat
  •           Elektron cheklarni yuborish

Oʼz smartfoningizni kontaktsiz toʼlovlarni qabul qilish uchun terminalga aylantiring. “HUMO” milliy toʼlov tizimi
va boshqa xalqaro toʼlov tizimlarining kartalari NFC orqali kontaktsiz toʼlovning standart protokollari boʼyicha
qabul kilinishi mumkin. Ushbu yechim toʼlov terminalining barcha asosiy vazifalarini, xatto undan xam koʼprogʼini
bajara oladi. Qulay interfeys esa ishlashni maksimal tez va yengil qiladi. MARTA Softpos oson integratsiya boʼladi
va bor yoʼgʼi bir necha qadamda ulanadi.
Ushbu havola orqali tanishish mumkin:
https://marta.uz/t2p/index.html



My.gov.uz
Hozir saytda: ro'yxatdan o'tganlar - 0,
mehmonlar - 8
Oxirgi yangilanish: 28 Sentyabr 2023, 11:24 (GMT+5)
Sayt yaratuvchisi
Sayt 1C-Bitriksda ishlaydi®
pixelcraft.uz
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech