Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A

Elkart (Qirg‘iziston) va HUMO (O‘zbekiston) to‘lov tizimlari o‘zaro ekvayring loyihasini yo‘lga qo‘yadi

Elkart (Qirg‘iziston) va HUMO (O‘zbekiston) to‘lov tizimlari o‘zaro ekvayring loyihasini yo‘lga qo‘yadi
11 дек 2025 12:25

HUMO (O‘zbekiston) va Elkart (Qirg‘iz Respublikasi) o‘zaro ekvayring bo‘yicha qo‘shma loyiha yo‘lga qo‘yilishi haqida e’lon qiladi. Yangi integratsiya doirasida HUMO kartalari sohiblari Qirg‘iziston hududida Elkart milliy to‘lov tizimi qamrovi doirasida xaridlar haqini to‘lashlari va naqd pul yechib olishlari mumkin bo‘ladi. O‘z navbatida, Elkart kartalari sohiblari uchun ham O‘zbekistonda xuddi shunday imkoniyat yaratiladi – ular butun HUMO infratuzilmasi bo‘ylab karta amaliyotlarini erkin bajara oladilar.


Loyiha ikki mamlakat fuqarolariga naqdsiz hisob-kitoblar uchun qulay va shaffof muhit yaratishga, safarlarni osonlashtirishga, shuningdek o‘zaro transchegaraviy moliyaviy aloqalarni kengaytirishga qaratilgan.


IMG_3323

Ushbu hamkorlik fuqarolar va biznes uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi:

  • Sayohatchilar va mehnat migrantlari uchun qulaylik: hisob-kitoblar va naqd pul yechish endi valyuta almashtirish yoki xalqaro kartalardan foydalanish zaruratisiz mumkin bo‘ladi.
  • Chegaraoldi hududlarda biznesni qo‘llab-quvvatlash: savdo nuqtalari qo‘shni mamlakat kartalari orqali to‘lovlarni qo‘shimcha xarajatlarsiz va xalqaro to‘lov tizimlariga ulanmay qabul qila oladi.
  • Tranzaksiyalarning jadallashuvi va sarf-xarajat qisqarishi: amaliyotlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Elkart va HUMO milliy tizimlari orqali o‘tadi.

Hozirgi bosqichda Elkart kartalari bo‘yicha to‘lov imkoniyati “AyilBank” OAJ kartalari sohiblarida mavjud, HUMO kartalari esa “AyilBank” OAJ qurilmalarida qabul qilinadi. Bunda “BPM” YAJ tomonidan O‘zbekistonda Elkart kartalariga xizmat ko‘rsatishga boshqa banklarni ham ulash, shuningdek qurilmalarni HUMO kartalarini qabul qilish uchun ochish bo‘yicha faol ishlar olib borilmoqda.


IMG_3329

Imzolangan memorandum ikki milliy to‘lov tizimi o‘rtasida yagona tizimlararo infratuzilmani yaratishga qaratilgan, bu esa kartalar sohiblari uchun transchegaraviy amaliyotlarni sezilarli soddalashtirish imkonini beradi. Tashabbus yanada qulay, xavfsiz va zamonaviy hisob-kitoblarni ta’minlab, to‘lov sohasiga zamonaviy texnologiyalar va raqamli yechimlarni tatbiq etishni ko‘zda tutadi. Bundan tashqari, memorandum Qirg‘iziston va O‘zbekiston fuqarolarining moliyaviy savodxonligini oshirishga e’tiborni qaratadi, bu ikkala davlatda barqaror va samarali to‘lov ekotizimini rivojlantirishdagi muhim qadamdir.


Tizimlararo integratsiya Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘rtasidagi o‘zaro savdo, turizm, moliyaviy servislarni va ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishning yangi drayveri bo‘ladi.


IMG_3326

Ma’lumot uchun


Elkart (“Banklararo Protsessing Markazi” YAJ) – Qirg‘iz Respublikasi milliy to‘lov tizimi, u ichki to‘lov amaliyotlarini amalga oshirish, shuningdek mintaqaviy darajada moliyaviy texnologiyalar va mahsulotlarni rivojlantirish uchun barqaror va ishonchli infratuzilmani ta’minlaydi. “BPM” YAJ hisob-kitob banki “AyilBank”dir.


HUMO (“Milliy banklararo protsessing markazi”) – O‘zbekiston milliy to‘lov tizimi bo‘lib, hisob-kitoblar qatnashchilarini, to‘lov vositalarini, texnologik yechimlarni va pul mablag‘larini o‘tkazish banklararo tizimlarini birlashtiradi. HUMO mamlakat ichida pul mablag‘lari harakatlanishini hamda xorijiy to‘lov tizimlari bilan integratsiyani ta’minlaydi.

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 200
Hozir saytda:
ro'yxatdan o'tganlar - 0
mehmonlar - 9
Oxirgi yangilanish: 3 марта 2026, 15:13 (GMT+5)

Matnda xatolikni ko'rdingizmi? Sichqoncha bilan belgilang va bosing CTRL + ENTER
Sayt yaratuvchisi
Sayt 1C-Bitriksda ishlaydi®
www.pixelcraft.uz
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech