Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A

HUMO biznes va yakuniy iste’molchilar uchun maxsus ishonch telefonini ishga tushirmoqda

HUMO biznes va yakuniy iste’molchilar uchun maxsus ishonch telefonini ishga tushirmoqda
2 фев 2026 10:01

Naqdsiz to‘lovlar infratuzilmasining rivojlantirish va takomillashtirish maqsadida HUMO milliy to'lov tizimi kunu-tun ishlovchi maxsus ishonch telefonini ishga tushirmoqda: (+998) 78-888-85-85


Mazkur ishonch telefonining asosiy vazifasi aholidan quyidagi murojaatlarni qabul qilishdan iborat:

  • HUMO kartalarini qabul qilishni rad etish holatlarida,
  • HUMO kartalaridan to‘lovni qabul qilish uchun qurilma mavjud bo‘lmaganida,
  • savdo nuqtasida terminallarning nobarqaror ishlashida.

Ishonch telefoni operatorlari murojaatni qayd etib, savdo nuqtasi manzilini, hodisa tafsilotlarini belgilaydilar va vaziyatni hal qilish uchun mutaxassislarga yo‘naltiradilar.


Shuningdek, ishonch telefoni tadbirkorlarning Sunmi P3 yangi flagman terminallar haqidagi murojaatlari bilan ishlashga ham yo‘naltirilgan.


Murojaat orqali quyidagilar haqida maslahat olish mumkin:

  • terminallarning texnik afzalliklari,
  • yangi jihozga buyurtma rasmiylashtirish,
  • xarid qilish usullari va o‘rnatish muddatlari.

Bu qadam HUMO Milliy to'lov tizimining bozor o‘zgarishlariga munosabat bildiribgina qolmay, o‘zi ham to‘lovlar, servis va to‘lov jihozlari sohasida sifat va ishonchlilikning yangi standartlarini joriy qiluvchi texnologik yetakchi sifatidagi maqomini mustahkamlaydi.


Kunu-tun ishlovchi tezkor ishonch telefoni raqami: (+998) 78-888-85-85


/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 6175
Hozir saytda:
ro'yxatdan o'tganlar - 0
mehmonlar - 19
Oxirgi yangilanish: 3 февраля 2026, 12:53 (GMT+5)

Matnda xatolikni ko'rdingizmi? Sichqoncha bilan belgilang va bosing CTRL + ENTER
Sayt yaratuvchisi
Sayt 1C-Bitriksda ishlaydi®
www.pixelcraft.uz
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech