
HUMO Malayziyadagi 150 dan ziyod o‘zbekistonlik yoshlarni birlashtirgan Yoshlar kunini qo‘llab-quvvatladi
27-iyun kuni Kuala-Lumpurda HUMO milliy to‘lov tizimining ko‘magida O‘zbekiston Yoshlar kuniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Uni Malayziyadagi O‘zbekiston Yoshlari Umumjahon Assotsiatsiyasi (WAYU Malaysia) tashkil etdi. Tadbir Malayziyada o‘qiyotgan va ishlayotgan O‘zbekistonning 150 dan ziyod yosh fuqarolarini jamlab, muloqot, tajriba almashish, professional netvorking va Vatan bilan aloqalarni mustahkamlash maydoniga aylandi.
Bugungi kunda O‘zbekistonning 28,5 mingdan ziyod yosh fuqarolari chet elda ta’lim olmoqda va professional tajribaga ega bo‘lmoqda. Ularning ko‘pchiligi uchun bunday tashabbuslar Vatan bilan aloqalarni saqlab qolish, yurtdoshlar bilan tanishish, tajriba almashish va o‘zini umumiy hamjamiyatning bir qismi sifatida his qilishning muhim imkoniyati sanaladi.
Tadbirda O‘zbekiston Respublikasining Malayziyadagi Elchixonasi vakillari, jumladan Siyosiy masalalar bo‘yicha konsul, Elchixona Birinchi va Ikkinchi kotibi, mamlakatdagi yetakchi universitetlar talabalari, yosh mutaxassislar va o‘zbek hamjamiyatining faollari qatnashdilar. Dastur doirasida rasmiy chiqishlar, WAYU Malaysia faoliyatining taqdimoti, madaniy dastur, netvorking va Malayziyadagi o‘zbek yoshlari hamjamiyatining eng faol vakillarini taqdirlash marosimini o‘z ichiga oldi.
Tadbirni O‘zbekiston Respublikasining Malayziyadagi elchixonasi birinchi kotibi Botir Ismoilov ochib, quyidagilarni qayd etdi:
“Vatandan yiroqda bo‘lsak ham, yagona katta oila bo‘lib qolamiz va O‘zbekistonning munosib vakillari o‘laroq, uning sha’nini sharaf va mas'uliyat bilan himoya qilishimiz lozim. Ertaga dunyo O‘zbekistonga qanday ko‘z bilan qarashi aynan bizning bugungi xatti-harakatarimiz va yutuqlarimizga bog‘liqdir”.
Shuningdek, u yosh yurtdoshlar chet elda O‘zbekistonning munosib vakillari bo‘lgan holda, bilimlar va professional kamolotga ega bo‘lish imkoniyatlaridan foydalanishlari muhimligini ta’kidladi.
Chet eldagi yosh o‘zbekistonliklarni birlashtiruvchi tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, HUMO ularning Vatan bilan aloqalarini saqlab qolishga, yurtdoshlar hamjamiyatini rivojlantirishga va muloqot, bilim hamda professional tajriba almashish uchun imkoniyatlar yaratishga o‘z hissasini qo‘shadi.

“HUMO uchun bunday loyihalar – bu O‘zbekiston inson kapitaliga investitsiyadir. Bugungi kunda yosh yurtdoshlarimiz chet elda bilim va xalqaro tajribaga ega bo‘lmoqdalar, ertaga esa, aynan ular yangi texnologiyalar yaratadilar, biznesni, davlat institutlari va mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantiradilar. Biz Vatan bilan aloqani saqlab qolishga yordam beradigan va yoshlarni umumiy qadriyatlar atrofida birlashtiradigan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashdan mamnunmiz”,- deya qayd etdilar HUMO vakillari.
Tadbirning ko‘plab qatnashchilari uchun Malayziya nafaqat o‘qish va ishlash maskani, balki doimiy yashash manzili hamdir. Xalqaro to‘lov servislarini rivojlantirib, HUMO yurtdoshlarning chet eldagi kundalik hayotini yanada qulay qilishga intiladi. Alipay+ bilan hamkorlik tufayli, HUMO kartasi sohiblari dunyoning 50 dan ortiq mamlakatida, jumladan Malayziyada qo‘shimcha to‘lov vositalarini rasmiylashtirib o‘tirmay, odatiy HUMO kartasidan foydalanib millionlab savdo nuqtalarida xarid uchun to‘lovlarni amalga oshiraoladilar.

