Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A

HUMO milliy to‘lov tizimi “Xalqlar do‘stligi” saroyining navigatsiyasini yangiladi

HUMO milliy to‘lov tizimi “Xalqlar do‘stligi” saroyining navigatsiyasini yangiladi
25 сен 2026 15:30

HUMO milliy to‘lov tizimi “Xalqlar do‘stligi” saroyining navigatsiyasini ulug‘vor binoning me’moriy o‘ziga xosligini saqlab qolgan holda yangiladi


Yangi navigatsiya tizimi Saroy hududini tashrif buyuruvchilar uchun yanada tushunarli va qulay qiladi, shu bilan birga, uning me’moriy va vizual xususiyatini saqlab qoladi.

Toshkent, 2026-yil 24-sentabr. 45 yil davomida “Xalqlar do‘stligi” saroyi Toshkentdagi eng muhim ijtimoiy va madaniy maskanlardan biriga aylandi. Bu yerda konsertlar, spektakllar, xalqaro va mahalliy tadbirlar o‘tkaziladi, binoning o‘zi esa, poytaxt me’moriy qiyofasining muhim qismi bo‘lib qoladi.


1977–1981-yillarda barpo etilgan Saroy bugungi kunda ham shahar madaniy hayotidagi o‘z ahamiyatini saqlab qolgan. 2026 yilda uning me’moriy qiymati xalqaro e’tirofga sazovor bo‘ldi: “Xalqlar do‘stligi” saroyi yana to‘qqizta obyekt bilan birga YUNESKO Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan Toshkent modernizm me’morchiligi majmuidan joy oldi.


Saroyning 45 yilligida HUMO milliy to‘lov tizimi saroy ma’muriyati bilan birgalikda bino ichidagi navigatsiya tizimini yangilash loyihasini amalga oshirdi. Asosiy vazifa obyektning me’moriy xarakteri va vizual o‘ziga xosligini saqlab qolgan holda ulkan va ko‘p qavatli makonni tashrif buyuruvchilar uchun yanada tushunarli va qulay qilish edi.


Yangi navigatsiya tizimi izchil marshrut taomiliga asosan yaratilgan: tashrif buyuruvchi Saroy bo‘ylab harakatlanishning har bir bosqichida – kirishdan to tomoshabinlar zalidagi o‘z joyiga yetib borguncha, kerakli axborotga ega bo‘ladi. Yangilangan xaritalar, polusti ko‘rsatkichlari, devordagi va osma yo‘naltirgichlar yo‘nalishni tezda aniqlash, kerakli qavatni, sektor, qator va joyni topish imkonini beradi.

Loyiha ustidagi ishlar barcha bosqichlarda – konsepsiya ishlab chiqishdan navigatsiya unsurlarini joylashtirishgacha Saroy ma’muriyati bilan birga olib borildi. Yangi yechimlar mavjud me’morchilik bilan uyg‘unlashib, binoning vizual o‘ziga xosligiga putur yetkazmasligiga alohida e’tibor berildi.



1920x1080 3.jpg

“HUMO milliy to‘lov tizimi bugungi kunda – bu shunchaki to‘lov infratuzilmasi emas. Biz millionlab insonlar kundalik hayotining bir qismi sanalamiz va biz uchun kompaniya rivoji moliyaviy sohadan tashqarida ham foyda keltirishi muhim. “Xalqlar do‘stligi” saroyi – O‘zbekiston uchun qadrli maskan va YUNESKO e’tirof etgan me’moriy merosning bir qismidir. Shu sababli, bu loyihada zamonaviy yechimlar va bino me’morchiligiga ehtiyotkorona munosabat o‘rtasida muvozanatni topish biz uchun prinsipal ahamiyatga ega bo‘ldi.

Biz ko‘rsatkichlarni shunchaki yangilab qolmasdan, makonni odamlar uchun yanada tushunarliroq va qulayroq qilishni, shuning barobarida, uning xarakteri va vizual o‘ziga xosligini saqlab qolishni xohladik. Biz zamonaviy yechimlar merosning o‘rnini bosishi emas, balki uni avaylab rivojlantirishda yordam berishi kerak, deb hisoblaymiz. Ushbu loyiha mamlakatdagi boshqa jamoat makonlarida ham HUMOning shunday tashabbuslarini rivojlantirishdagi ilk qadam bo‘lishi ehtimoli katta”, — qayd etdi HUMO Boshqaruvi Raisi Aleksandr Sotnikov.


Saroy uchun navigatsiyaning yangilanishi bu maskanni tashrif buyuruvchilarning zamonaviy ehtiyojlarini inobatga olgan holda rivojlantirishga qaratilgan izchil ishlarning bir qismi bo‘ldi.


“45 yil davomida “Xalqlar do‘stligi” saroyi Toshkent aholisi va mehmonlarining bir necha avlodi madaniy hayotining bir qismi bo‘ldi. Bugungi kunda biz uchun bino tarixi va me’morchiligini saqlab qolishgina emas, balki maskanni zamonaviy tashrif buyuruvchi uchun qulay qilish ham muhimdir. Yangi navigatsiya tizimi katta binoda osonlik bilan mo‘ljal olishga va kirgandan boshlab o‘zini dadilroq his qilishga yordam beradi. Biz uchun ushbu loyiha Saroy uchun yubiley yilda, HUMO milliy to‘lov tizimi bilan birgalikda amalga oshirilgani alohida qadrlidir”,- qayd etdi “Xalqlar do‘stligi” saroyining direktori Isroil G‘ulomov.

Yangilangan tizim navigatsiya unsurlarining turli formatlarini – kirish xaritalari, polusti ko‘rsatkichlari, devor va osma yo‘naltirgichlarni o‘z ichiga oladi. Barcha unsurlar umumiy vizual tizimga birlashtirilgan bo‘lib, tashrif buyuruvchiga butun yo‘nalish davomida hamrohlik qiladi.


Navigatsiyani ishlab chiqishda funksionallik va axborotni qulay qabul qilinishigina emas, balki Saroy me’morchiligining xususiyatlari ham inobatga olingan. Yangi unsurlar mavjud makonni to‘ldirishi, binoning o‘ziga xos bezatilishiga raqobatda bo‘lmasligi ko‘zda tutilgan.

HUMO uchun “Xalqlar do‘stligi” saroyidagi loyha navigatsiyani yangilash doirasidan ancha kengdir. U kompaniyaning ijtimoiy tashabbuslarga yondashuvini aks ettiradi – uning zamirida insonlar uchun amaliy foyda, zamonaviy yechimlar hamda O‘zbekiston madaniy va me’moriy merosiga avaylab munosabatda bo‘lish yotadi.


Loyiha HUMOning mamlakatdagi boshqa muhim jamoatchilik maskanlarida ham shu kabi tashabbuslarni rivojlantirish uchun boshlang‘ich nuqta bo‘ladi, unda zamonaviy yechimlar insonlarning shahar va madaniy muhit bilan o‘zaro munosabatini yanada qulay qilishga, shuning barobarida uning tarixi va noyob xususiyatini saqlab qolishga xizmat qiladi.


Sayt: humocard.uz
Facebook: fb.com/humocard
Instagram: @humo_card
Telegram: t.me/humoofficial
Youtube: @humo_card
Linkedin: linkedin.com/humocarduz



/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 32
Hozir saytda:
ro'yxatdan o'tganlar - ...
mehmonlar - ...
Oxirgi yangilanish: 25 сентября 2026, 16:41 (GMT+5)

Matnda xatolikni ko'rdingizmi? Sichqoncha bilan belgilang va bosing CTRL + ENTER
Sayt yaratuvchisi
Sayt 1C-Bitriksda ishlaydi®
www.pixelcraft.uz
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech