Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A

HUMO milliy to‘lov tizimi transchegaraviy QR-to‘lovlarni va o‘tkazmalarni rivojlantirmoqda

HUMO milliy to‘lov tizimi transchegaraviy QR-to‘lovlarni va o‘tkazmalarni rivojlantirmoqda
11 сен 2026 16:37

HUMO milliy to‘lov tizimi va “Qozog‘iston Respublikasi Milliy banki Milliy to‘lov korporatsiyasi” AJ transchegaraviy QR-to‘lovlarni va o‘tkazmalarni rivojlantirmoqda


11-sentyabr kuni Almatida, “Central Asia Fintech Summit 2026” doirasida HUMO milliy to‘lov tizimi va “Qozog‘iston Respublikasi Milliy banki Milliy to‘lov korporatsiyasi” AJ O‘zaro anglashuv va hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumniimzoladi.


Memorandum ikki mamlakat to‘lov infratuzilmalari o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni rivojlantirish va yangi transchegaraviy to‘lov servislarini amalga oshirish uchun zamin yaratadi.


Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlaridan biri O‘zbekiston va Qozog‘iston milliy QR-kodlarining o‘zaro ekvayringi bo‘ladi. Bu O‘zbekiston fuqarolariga Qozog‘istonda tovarlar va xizmatlar haqini Qozog‘iston milliy QRidan foydalangan holda to‘lash, Qozog‘iston fuqarolariga esa – O‘zbekistondato‘lovlarni UzQR yagona milliy tizimi orqali amalga oshirish imkonini beradi.


Hamkorlikning yana bir yo‘nalishi ikki mamlakat foydalanuvchilari o‘rtasidagi transchegaraviy o‘tkazmalarni rivojlantirish sanaladi. Tomonlar Qozog‘istonva O‘zbekiston banklarining odatiy mobil ilovalaridan vaboshqa mamlakatdagi foydalanuvchilarning kartalaridan foydalanib o‘tkazmalarni amalga oshirish imkonini yaratishnirejalashtirmoqda.


“Qozog‘iston va O‘zbekistonni yaqin iqtisodiy vainsonlararo aloqalar bog‘lab turadi, shu sababli mamlakatlarimiz o‘rtasida odatiy to‘lovlar va o‘tkazmalarni amalga oshirish tobora talabgir bo‘lib bormoqda. Vazifamiz –to‘lov servislari foydalanuvchilar uchun qulay, xavfsiz va milliy infratuzilmalar darajasida o‘zaro moslashuvchan bo‘lishini ta’minlaydigan texnologik shart-sharoitlarni yaratishdir. Ushbu memorandum – bunday yechimlarni amalda ishlab chiqish sari ilk qadam”,- qayd etdi “Milliy to‘lov korporatsiyasi” AJ Boshqaruvi raisi Janar Samayeva.


Shu tariqa, HUMO va Qozog‘iston Milliy to‘lovkorporatsiyasining hamkorligi ikkala mamlakat fuqarolari vabiznesi uchun yanada qulay transchegaraviy to‘lovlar vao‘tkazmalarni ta’minlovchi texnologik zaminni yaratishga qaratilgan.


“HUMO va Qozog‘iston Milliy to‘lov korporsiyasining hamkorligi O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida zamonaviy to‘lov servislarini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlarni ochadi. Milliy QR-kodlarning o‘zaro ekvayringi ikkala mamlakat fuqarolariga tovarlar va xizmatlar haqini odatiy usulda to‘lash imkonini beradi, transchegaraviy o‘tkazmalarni rivojlantirish esa, O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi moliyaviy amaliyotlarni yanada hammabop va qulay qiladi. HUMO uchun bu loyiha transchegaraviy to‘lov yechimlarini rivojlantirish va Markaziy Osiyodagi moliyaviy integratsiyani mustahkamlashdagi muhim qadam sanaladi”,- qayd etdi HUMO Boshqaruvi raisi Aleksandr Sotnikov.


Memorandum doirasida tomonlar axborot va texnologikamalshinuvni rivojlantirishni, ekspertiza almashishni va to‘lovtexnologiyalari sohasida boshqa hamkorlik yo‘nalishlarini ham ko‘rib chiqishni rejalashtirmoqda.


HUMO to‘g‘risida

HUMO — O‘zbekiston Respublikasining milliy to‘lov tizimi va mamlakat moliyaviy infratuzilmasining asosiy unsurlaridan biri. Kompaniya raqamli iqtisodiyotning rivojlanishiga xizmat qilib, naqdsiz to‘lovlarni rivojlantiradi, zamonaviy to‘lov texnologiyalarini joriy etadi, xalqaro hamkorlikni kengaytiradi va yangi to‘lov ssenariylarini, jumladan QR-to‘lovlar vatranschegaraviy servislarni tatbiq etadi. Bugungi kunda tizimda 45,1 mln.dan ziyod karta emissiya qilingan, to‘lov infratuzilmasi 180 mingdan ortiq terminalni va 7 300 dan ortiq bankomatni o‘z ichiga oladi. HUMO ham mamlakat ichidagi, ham undan tashqaridagi foydalanuvchilar imkoniyatlarini kengaytirib, zamonaviy to‘lov servislrini va transchegaraviy moliyaviy yechimlarni rivojlantiradi.


“Qozog‘iston Respublikasi Milliy banki Milliy to‘lov korporatsiyasi” AJ — Qozog‘iston Respublikasi Milliy bankining shu’ba tashkiloti bo‘lib, Qozog‘iston milliy to‘lov infratuzilmasining faoliyat yuritishi va rivojlanishini ta’minlaydi hamda zamonaviy moliyaviy va to‘lov texnologiyalari sohasida loyihalarni amalga oshiradi.


Sayt: humocard.uz
Facebook: fb.com/humocard
Instagram: @humo_card
Telegram: t.me/humoofficial
Youtube: @humo_card
Linkedin: linkedin.com/humocarduz




/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 6
Hozir saytda:
ro'yxatdan o'tganlar - ...
mehmonlar - ...
Oxirgi yangilanish: 14 сентября 2026, 18:00 (GMT+5)

Matnda xatolikni ko'rdingizmi? Sichqoncha bilan belgilang va bosing CTRL + ENTER
Sayt yaratuvchisi
Sayt 1C-Bitriksda ishlaydi®
www.pixelcraft.uz
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech