
HUMO milliy to‘lov tizimi va Alif to‘rtta iPhone 18 Pro va minglab pul yutuqlari o‘ynaladigan “Sovg‘alar vaqti” keng ko‘lamli aksiyasini joriy etdi
HUMO milliy to‘lov tizimi Alif bilan hamkorlikda “Sovg‘alar vaqti” aksiyasini o‘tkazadi. U foydalanuvchilarga odatiy to‘lovlar uchun keshbek va promokodlar olish, shuningdek to‘rtta iPhone 18 Pro o‘ynalishida qatnashish imkonini beradi. Aksiya 2026-yil 12-oktabrdan 12-noyabrgacha o‘tkaziladi.
Qatnashish uchun Alif ilovasi orqali HUMO kartasi bilan xizmatlar haqini to‘lash zarur. Umumiy to‘lovlar summasi 300 000 so‘mga yetgach, foydalanuvchiga bir zumlik mukofotlarni yutib olish uchun ikkita urinish imkoni beriladi. Zaruriy summani bir necha to‘lovlarda jamlash mumkin.
Qanday mukofotlar ko‘zda tutilgan
Aksiya doirasida qatnashchilar quyidagi bir zumlik mukofotlarga ega bo‘lishlari mumkin:
· 86 000 ta 10 000 so‘mlik mukofot;
· 16 000 ta 25 000 so‘mlik mukofot;
· 2 000 ta 50 000 so‘mlik mukofot;
· 1 000 ta 100 000 so‘mlik mukofot;
· Alif Shop’da 1 mln so‘mdan boshlanadigan ilk xarid uchun 100 000 so‘mlik promokodlar.
Pul mukofotlari foydalanuvchining bonus hisobiga o‘tkaziladi.
Bir zumlik mukofotlardan tashqari, aksiya finalida to‘rtta iPhone 18 Pro va bonus hisobiga keshbek ko‘rinishida 50 ta 1 000 000 so‘mlik mukofot o‘ynaladi. Yakuniy yutuq o‘ynalishi 12 noyabr soat 20:00 da o‘tkaziladi.
“HUMO foydalanuvchilar uchun naqdsiz to‘lovlar qulaygina emas, foydali ham bo‘lishini muhim deb biladi. Alif bilan qo‘shma aksiya odamlarga odatiy xizmatlar haqini to‘lashda qo‘shimcha keshbek olish va mukofotlar yutib olish imkonini beradi. Biz hamkorlikni rivojlantirishda va naqdsiz to‘lovlarni yanada jozibali qilib, ko‘proq insonlarga ulardan foydalanishda yordam beruvchi yangi tashabbuslarni joriy qilishda davom etamiz”, — qayd etdi HUMO Boshqaruvi raisi Aleksandr Sotnikov.
Qanday qatnashiladi
Aksiyada Alif ilovasida kommunal xizmatlar, internet, mobil aloqa, ta’lim va ilovada mavjud boshqa xizmatlar uchun HUMO kartasi orqali qilingan to‘lovlar qatnashadi.
“Biz aksiya shartlarini maksimal darajada tushunarli qilishni istadik: foydalanuvchilar odatiy to‘lovlarni amalga oshirishda davom etaveradilar, muayyan summaga yetganda esa, mukofot yutib olish imkoniga ega bo‘ladilar. HUMO va Alif hamkorligi kundalik to‘lovlarni foydalanuvchilar uchun qo‘shimcha foyda bilan uyg‘unlashtirish imkonini beradi”,- qayd etdi Nuriddin Lafizov, CEO Alif Uzbekistan.
Qatnashish uchun Alif ilovasi va HUMO kartasi zarur.

