
HUMO O‘zbekistondagi mijozlari uchun Apple Pay’ni ishga tushirganini ma’lum qiladi
iPhone va Apple Watch yordamida sodda, xavfsiz va maxfiy to‘lov usuli.
TOSHKENT, [17.11.2026] — HUMO milliy to‘lov tizimi O‘zbekistondagi mijozlari uchun Apple Pay servisini ishga tushirdi. O‘z mijozlariga servisdan foydalanish imkoniyatini taqdim etgan ilk bank Octobank bo‘ldi. Apple Pay — bu do‘konlar, ilovalar va internetda sodda, xavfsiz va maxfiy to‘lov usulidir.
Do‘konda to‘lov haqini to‘lash uchun iPhone yon tugmasini ikki marta bosish, amaliyotni Face ID, Touch ID yoki kod-parol bilan tasdiqlash va qurilmani kontaktsiz to‘lov terminaliga yaqinlashtirish yetarli bo‘ladi. Apple Watch’dan foydalanganda soatning yon tugmasi ikki marta bosiladi va gadjet terminalga yaqinlashtiriladi. Apple Pay do‘konlar, supermarketlar, dorixonalar, restoranlar, qahvaxonalar va kontaktsiz to‘lovni qo‘llab-quvvatlovchi boshqa savdo nuqtalarida qabul qilinadi.
Shuningdek, foydalanuvchilar iPhone, iPad va Mac’da onlayn xaridlar haqini to‘lash uchun ham Apple Pay’dan foydalanishlari mumkin. Bu usul hisob yozuvini yaratib o‘tirmay va har gal kontakt ma’lumotini, karta ma’lumotlarini, shuningdek yetkazib berish manzilini kiritib, hisob taqdim qilish zaruratisiz, xaridlarni tezroq va qulayroq amalga oshirish imkonini beradi.
“To‘lovlar kelajagi – tanlov ixtiyorida. Bugungi foydalanuvchi uchun tranzaksiya ortida qanday texnologiyalar turgani emas, xaridni qanchalik oson, tez va xavfsiz amalga oshira olishi muhim. HUMO kartalari uchun Apple Pay’ning ishga tushirilishi – milliy to‘lov infratuzilmasini rivojlantirish va mijozlarimizning imkoniyatlarini kengaytirishdagi muhim qadam. Biz HUMO kartasi oddiy to‘lov vositasi bo‘lib qolmasdan, har kuni yangi imkoniyatlarni ochuvchi zamonaviy raqamli ekotizimning bir qismiga aylanishiga intilamiz”,- qayd etdi HUMO Boshqaruvi Raisi Aleksandr Sotnikov.
Xavfsizlik va maxfiylik – Apple Pay’ning muhim qismi. Apple Pay yordamida to‘lov qilganda bank kartasining haqiqiy raqami sotuvchiga berilmaydi va qurilmada yoki Apple serverlarida saqlanmaydi. Uning o‘rniga karta ma’lumotlarini ishonchli himoya qiladigan maxsus raqamli kod qo‘llaniladi. Har bir to‘lov qo‘shimcha ravishda noyob xafsizlik kodi bilan himoyalangan.
Apple Pay’ni ulash oson. iOS 27 yoki undan yuqori versiyadagi iPhone’da Apple Wallet ilovasini ochib, "+" belgisini bosish va Octobank tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan HUMO kartasini qo‘shish uchun ko‘rsatmalarga amal qilish kifoya.
Mijozlar Octobank chiqargan HUMO kartalariga xizmat ko‘rsatishda ko‘zda tutilgan barcha bonuslar va imtiyozlardan foydalanishda davom etadilar.
HUMO HAQIDA
HUMO — millionlab foydalanuvchilar va biznes uchun naqdsiz hisob-kitoblar infratuzilmasi hamda zamonaviy raqamli to‘lov yechimlarining rivojlanishini ta’minlovchi O‘zbekiston milliy to‘lov tizimi. Kompaniya innovatsion texnologiyalrni joriy etib va mahalliy hamda xalqaro sheriklar bilan hamkorlikni rivojlantirib, milliy kartalar imkoniyatlarini izchil kengaytirib boradi.
Apple Pay haqida qo‘shimcha ma’lumot olish uchun quyidagi havola orqali o‘ting: https://www.apple.com/apple-pay/
HUMO haqida qo‘shimcha ma’lumotga ega bo‘lish uchun quyidagi sahifalarga tashrif buyuring:
Cayt: humocard.uz
Facebook: fb.com/humocard
Instagram: @humo_card
Telegram: t.me/humoofficial
Youtube: @humo_card
Linkedin: linkedin.com/humocarduz

