
HUMO, Octobank va UZINFOCOM Toshkent metropolitenida yo‘l haqini kaft bilan to‘lashni yo‘lga qo‘ydi
MyID Palm loyihasi HUMO virtual kartalari yordamida yo‘l haqini to‘lash imkoniyatini beradi. Yechim HUMO to‘lov infratuzilmasini, Octobank bank servisini va UZINFOCOM tomonidan ishlab chiqilgan MyID biometrik texnologiyasini birlashtiradi. Yo‘lovchilar yo‘l haqini ro‘yxatdan o‘tgan kaft biometriyasi va HUMO virtual kartasi yordamida, smartfon yoki jismoniy kartani qo‘llamagan holda to‘lashlari mumkin.
Toshkent metropolitenida kaft biometriyasi va HUMO virtual kartasi yordamida yo‘l haqini to‘lash mumkin bo‘ldi. Bu imkoniyat UZINFOCOM kompaniyasi ishlab chiqqan MyID biometrik texnologiyasiga asoslangan, Octobank ishtirokidagi MyID Palm loyihasi doirasida amalga oshirildi.
Ssenariy yo‘lovchilarga metropoliten turniketidagi maxsus terminalga kaftlarini yaqinlashtirib, yo‘l haqini to‘lash imkonini beradi. Servisdan foydalanish uchun oldin biometriyani ro‘yxatdan o‘tkazish va HUMO virtual kartasini rasmiylashtirish kerak bo‘ladi. Shu tariqa, HUMO to‘lov infratuzilmasi biometrik texnologiya bilan integratsiyalanadi va foydalanuvchilarga shahar transportida naqdsiz to‘lov to‘lashda qo‘shimcha imkoniyat taqdim etadi.
Kaft orqali yo‘l haqi qanday to‘lanadi
MyID Palm servisidan foydalanish uchun metro bekatidagi MyID Palm infokioskida yoki Octobank bo‘limida ro‘yxatdan o‘tish zarur. Identifikatsiyadan o‘tilgandan keyin foydalanuvchi kaft biometriyasini ro‘yxatdan o‘tkazadi, HUMO virtual kartasini rasmiylashtiradi va uning faollashuvini kutadi.
Keyin kartani to‘ldirish talab etiladi. Turniketdan o‘tishda yo‘lovchi kaftini maxsus terminalga yaqinlashtiradi, shundan keyin ro‘yxatdan o‘tilgan biometriya va ulangan to‘lov vositasidan foydalanilgan holda to‘lov amalga oshiriladi.
Bunday to‘lov vositasi bevosita turniket oldida karta yoki smartfonni chiqarish zaruratidan xalos etadi. Bunda servisdan foydalanishdan oldin ro‘yxatdan o‘tish va ulashning barcha bosqichlarini amalga oshirish lozim.
Biometrik identifikatsiya va to‘lov xavfsizligi
MyID Palm’ni qo‘llashdan oldin foydalanuvchi identifikatsiyadan o‘tadi va kaft biometriyasini ro‘yxatdan o‘tkazadi. Texnologiya kaft venalarining individual suratini tanib oladi va yo‘l haqini to‘lashda foydalanuvchini identifikatsiyalash imkonini beradi. Ulanish uchun HUMO virtual kartasini rasmiylashtirish va faollashtirish ham talab etiladi.
Shu tariqa, to‘lov shunchaki kaftning terminalga yaqinlashtirish faktiga emas, balki foydalanuvchining ro‘yxatdan o‘tkazilgan profiliga va uning HUMO virtual kartasiga biriktirilgandir. Bu to‘lov jarayonining qo‘shimcha elementi sifatida biometrik identifikatsiyadan foydalanish imkonini beradi.
HUMO — yangi foydalanuvchi ssenariylari uchun to‘lov infratuzilmasi
Naqdsiz to‘lovlarning rivojlanishi kartalarni qabul qilish tarmog‘ining kengayishinigina emas, balki to‘lov infratuzilmasining yangi texnologiyalar va servislar bilan integratsiyasini ham nazarda tutadi. MyID Palm loyihasi biometrik identifikatsiya kundalik to‘lov ssenariylarida, jumladan metropolitenda yo‘l haqini to‘lashda qanday qo‘llanilishi mumkinligini namoyish etadi.
“HUMO uchun to‘lov infratuzilmasining rivojlanishi nafaqat naqdsiz to‘lov imkoniyatlarini kengaytirishni, balki zamonaviy xavfsiz texnologiyalarning kundalik ssenariylarga integratsiyasini ham anglatadi. MyID Palm loyihasi to‘lov yechimlari biometrik servislar bilan o‘zaro aloqada ishlab, foydalanuvchilarga yangi to‘lov usullarini taklif eta olishini ko‘rsatadi. Biz HUMO qo‘llanilishi imkoniyatlarini kengaytiruvchi va raqamli to‘lovlarni shahar muhitining bir qismiga aylantiruvchi bunday yechimlarni rivojlantirishdan manfaatdormiz”,- qayd etdi HUMO Boshqaruvi raisi Aleksandr Sotnikov.
Kundalik hayotga integratsiyalangan texnologiyalar
Jamoat transportida biometriyadan foydalanish – bu raqamli yechimlar to‘lov servislari bilan o‘zaro aloqaning odatiy usullaridan ancha keng qamrovga ega ekanligiga yaqqol misolidir. Jismoniy tashuvchini taqdim etish o‘rniga foydalanuvchi birlamchi ro‘yxatdan o‘tadi, keyin yo‘l haqini to‘lash uchun kaft biometriyasidan foydalana oladi.
Yo‘lovchilar uchun bu yo‘l haqini to‘lashning qo‘shimcha usuli, to‘lov infratuzilmasi uchun esa – naqdsiz to‘lovlarni qo‘llashning innovatsion ssenariysidir. Bunday integratsiya raqamli servislardan foydalanish imkoniyatini kengaytiradi va O‘zbekistonda zamonaviy to‘lov yechimlarini yanada kengaytirish uchun zamin hozirlaydi.
HUMO mamlakat to‘lov infratuzilmasini rivojlantirishda, naqdsiz to‘lovlarni hammaboproq, kundalik hisob-kitoblarni soddaroq va foydalanuvchi uchun qulayroq qiluvchi loyihalarda qatnashishni davom ettiradi.
Cayt: humocard.uz
Facebook: fb.com/humocard
Instagram: @humo_card
Telegram: t.me/humoofficial
Youtube: @humo_card
Linkedin: linkedin.com/humocarduz

