Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A

HUMO tadbirkorlar uchun “Baxtli Tadbirkor” aksiyasini joriy etdi

HUMO tadbirkorlar uchun “Baxtli Tadbirkor” aksiyasini joriy etdi
16 сен 2026 17:23

HUMO tadbirkorlar uchun har hafta 100 mln so‘mlik mukofot beriladigan “Baxtli Tadbirkor” aksiyasini joriy etdi


14-sentyabrdan 15-noyabrgacha HUMO terminali orqali to‘lov qabul qiladigan tadbirkorlar har haftalik yutuqli o‘yinlarda qatnashishlari va 5 mln so‘m yutib olish imkoniga ega bo‘lishlari mumkin.


HUMO kompaniyasi HUMO terminallari orqali naqdsiz to‘lovlarni qabul qiladigan tadbirkorlar uchun “Baxtli Tadbirkor” aksiyasini e'lon qildi. To‘qqiz hafta davomida qatnashchilar har hafta 5 000 000 so‘m miqdoridagi pul mukofoti uchun bellashishlari mumkin.

Aksiya mexanikasi maksimal darajada sodda: tadbirkor HUMO terminali orqali to‘lov qabul qilishda davom etaveradi va, agar tegishli haftada uning aylanmasi 7 mln so‘mdan 70 mln so‘mgacha bo‘lsa, avtomatik ravishda o‘sha hafta yutuqlar o‘ynalishida qatnashadi.



HUMO har hafta 20 nafardan g‘oliblarni belgilaydi, ularning har biri 5 mln so‘mdan mukofot oladi. Yutuqlar o‘ynalishi ommaviy ravishda, jonli efirda, HUMOning rasmiy sahifalarida random.org xalqaro servisidan foydalangan holda o‘tkaziladi, unda g‘oliblarning aniqlanishini aksiya qatnashchilari va barcha xohlovchilar kuzatishlari mumkin. Shu tariqa, aksiyaning to‘qqiz bosqichida 180 nafar g‘olib aniqlanadi.


Qatnashish shartlari

Aksiyada qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tish yoki alohida ariza topshirish shart emas.


Quyidagilar yetarli:

1. HUMO terminali orqali to‘lov qabul qilish.
2. Tegishli haftada 7 mln so‘mlik aylanmani ta’minlash.

Masalan, hafta ichida HUMO terminali orqali 8 mln so‘mlik to‘lov qabul qilsa, u ushbu bosqichdagi yutuq o‘ynalishida qatnashish shartlarini bajargan sanaladi.


Bunda tegishli hafta ichida 70 mln so‘mdan ortiq aylanma biznesga aksiyaning ushbu bosqichida qatnashish imkonini bermaydi.


Diqqat: aylanma borasidagi shart bajarilishi mukofotni qo‘lga kiritishni kafolatlamaydi – u har hafta 20 nafardan g‘olib aniqlanadigan yutuqlar o‘ynalishida qatnashish imkonini beradi.

Aksiya 9ta bosqichdan iborat:

Bosqich 

  Davr

  Yutuq o‘ynalishi  

  1

  14–20-sentyabr

  23-sentyabr

  2

  21–27-sentyabr

  30-sentyabr 

  3

  28-sentyabr – 4-oktyabr   

  7-oktyabr

  4

  5–11-oktyabr

  14-oktyabr

  5

  12–18-oktyabr

  21-oktyabr

  6

  19–25-oktyabr

  28-oktyabr

  7

  26-oktyabr – 1-noyabr

  4-noyabr

  8

  2–8-noyabr

  11-noyabr

  9

  9–15-noyabr

  18-noyabr


Har bir bosqichda 5 mln so‘mdan 20 ta mukofot o‘ynaladi.


Qatnashayotganingizni qanday tekshirish mumkin

Tadbirkorlarga qulay bo‘lishi uchun HUMO rasmiy @HumoNestBot Telegram-botida maxsus “Baxtli Tadbirkor” bo‘limini ishlab chiqdi, u yerda biznesning aksiyada qatnashishini tekshirish mumkin. Ro‘yxatlar har seshanbada, navbatdagi Aksiya bosqichidan keyin yuklanadi.


Aksiya va uning shartlari haqidagi batafsil axborot maxsus saytda ham mavjud:

baxtlitadbirkor.humocard.uz


Tadbirkor mukofotni qanday oladi

G‘alaba qozonilganda 5 mln so‘m, tadbirkorning yozma roziligidan keyin, biznesning bankdagi hisobraqamiga o‘tkaziladi. Mukofot g‘olibning kartasiga o‘tkazilmaydi.

Yutuqlar o‘ynalishlarining natijalari va g‘oliblar to‘g‘risidagi axborot HUMO rasmiy ijtimoiy tarmoqlarida, kompaniya saytida va @HumoNestBot Telegram-botida e'lon qilinadi.


Aksiya birinchi navbatda mikro- va kichik biznes – do‘konlar, kafe, salonlar, servis kompaniyalari, xususiy tadbirkorlar hamda HUMO terminallari orqali to‘lov qabul qiluvchi boshqa bizneslarga qaratilgan.

“Baxtli Tadbirkor” tadbirkorlarga naqdsiz to‘lovlar bilan odatiy ishlarini davom ettirish va shuning barobarida moliyaviy foyda ko‘rish uchun qo‘shimcha imkoniyatga ega bo‘lish imkonini beradi.


Aksiya 2026-yil 14-sentyabrdan 15-noyabrgacha o‘tadi.

To‘liq shartlar va aksiya o‘tkazilishi qoidalari Ommaviy ofertada mavjud:

“Baxtli Tadbirkor” — HUMO orali to‘lovlarni qabul qiling, shartlarni bajaring va g‘oliblardan biri bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ling.

 

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 9
Hozir saytda:
ro'yxatdan o'tganlar - ...
mehmonlar - ...
Oxirgi yangilanish: 16 сентября 2026, 17:53 (GMT+5)

Matnda xatolikni ko'rdingizmi? Sichqoncha bilan belgilang va bosing CTRL + ENTER
Sayt yaratuvchisi
Sayt 1C-Bitriksda ishlaydi®
www.pixelcraft.uz
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech