Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A

HUMO to'lov tizimi operatorining rasmiy bayonoti

HUMO to'lov tizimi operatorining rasmiy bayonoti
9 Dec 2025 18:23

To'lov xizmatlari provayderi mijozlariga nisbatan firibgarlik urinishlari yuzasidan qayd etilgan faktlar haqida.


HUMO to‘lov tizimi chet el to'lov xizmatlari provayderlari infratuzilmasidan foydalangan holda xizmat provayderining ayrim mijozlarga nisbatan amalga oshirilgan firibgarlik harakatlari urinishlari aniqlangani haqida ma'lum qiladi.


Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, firibgarlarlar tomonidan noqonuniy operatsiyalarni amalga oshirish maqsadida chet el to'lov xizmatlari provayderlari infratuzilmasidan foydalanilgan.


Ta'kidlab o'tish joizki, HUMO texnologik konturida:

  • buzilish yoki tashqi aralashuv alomatlari qayd etilmagan;
  • operatsiyalar va protsessing xizmatlari odatdagi rejimda ishlamoqda;
  • xavfsizlik tizimi odatdagi rejimda faoliyat yuritmoqda.

Mavjud barcha ma’lumotlar firibgarlik urinishlari HUMO to‘lov konturidan tashqarida amalga oshirilganini va uning protsessing infratuzilmasiga ta’sir qilmaganini ko‘rsatadi.


HUMO barcha bank va xizmatlar mijozlariga tavsiya qiladi:

  • kartangiz bo‘yicha operatsiyalar tarixini muntazam tekshirib boring;
  • kartalar ma’lumotlari, PIN-kodlar va tasdiqlash kodlarini hech kimga bermang;
  • har qanday shubhali xabarnomalar yoki yechib olishlarga e’tiborli bo‘ling;
  • har qanday kichik shubha paydo bo‘lsa, darhol HUMO qo‘llab-quvvatlash xizmatiga +998 71 200 08 88 raqami orqali murojaat qiling.

O‘z navbatida, HUMO qo‘llab-quvvatlash xizmati mijozlarning murojaatlariga tezkor javob beradi, o‘z vakolatlari doirasida operatsiyalar monitoringini kuchaytiradi, hamkorlar va vakolatli organlar bilan hodisalar sharoitlarini aniqlash uchun hamkorlik qiladi, firibgarlik xavfini oldini olish va mijozlarni xabardor qilish choralarini oshiradi.

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 25
Hozir saytda:
ro'yxatdan o'tganlar - 0
mehmonlar - 2
Oxirgi yangilanish: 9 December 2025, 18:29 (GMT+5)

Matnda xatolikni ko'rdingizmi? Sichqoncha bilan belgilang va bosing CTRL + ENTER
Sayt yaratuvchisi
Sayt 1C-Bitriksda ishlaydi®
www.pixelcraft.uz
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech