Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A

HUMO va Mastercard HUMO-Mastercard-International kartalarini chiqaradi

HUMO va Mastercard HUMO-Mastercard-International kartalarini chiqaradi
12 Jun 2020
HUMO va Mastercard HUMO-Mastercard-International kartalarini chiqaradi

MBPM va Mastercard HUMO International loyihasini ishga tushirish bo‘yicha kelishuvga imzo chekdi. Mazkur hujjat HUMO-Mastercard-International qo‘shma kartalarining chiqarilishini ko‘zda tutadi. Yangi karta egalari Mastercard tarmog‘ida to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.

2020 yil, 12-iyun, Toshkent – Joriy yilning 12-iyunida Milliy banklararo protsessing markazi (MBPM) va Mastercard xalqaro to‘lov tizimi o‘zaro Kelishuvga imzo chekkanlari haqida e’lon qildilar. Unga ko‘ra, HUMO-Mastercard-International qo‘shma kartalarini chiqarish ishlari boshlanadi.

HUMO-Mastercard-International kartalari egalari O‘zbekiston va butun dunyoda Mastercard tarmog‘idagi barcha nuqtalarda xaridlarni amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi. Xalqaro kartalar bilan xaridlarni amalga oshirish, naqdsiz pul o‘tkazmalarini olish, mehmonxonalarda xonalarni bron qilish, internet orqali chiptalarni xarid qilish, onlayn-do‘konlarda xaridlarni, shu jumladan xorijda onlayn-to‘lovlarni amalga oshirish uchun qulay. Kartalar kontaktsiz texnologiyalar biriktirilgan holda chiqariladi – bu xaridni amalga oshirishning oson, qulay va xavfsiz usuli bo‘lib, kartani terminalga solish shart emas va to‘lovni amalga oshirish uchun to‘lov qurilmasiga kartani bir marta tekkizishning o‘zi yetarli. 

“Biz hozirgi pandemiya bilan bog‘liq sharoitga qaramasdan, Mastercard bilan yaqin hamkorligimiz yanada rivojlanib borayotganidan xursandmiz. Dunyodagi holat yaxshilanib, mamlakatlar o‘rtasidagi aviaqatnovlar qayta tiklanishi bilan HUMO-Mastercard-International kartalari egalari osonlik bilan, o‘z uylaridan turib, chiptalarni xarid qilishlari, mehmonxonani bron qilishlari, boshqa mamlakatda esa taksi va deyarli istalgan do‘konda karta bilan to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin. Umid qilamizki, tez kunlar ichida, mazkur loyiha tufayli karta egalari naqd pulsiz to‘lov texnologiyasi bilan bog‘liq barcha qulayliklarni o‘zlari his qila oladilar” – deya, izoh berdi Shuhratbek Qurbonov, MBPM direktori. 

«Kompaniyamizning ustuvor maqsadi – zamonaviy to‘lov industriyasini rivojlantirish. Shuning uchun biz ushbu loyihani muvaffaqiyatli hamkorligimizning davomi sifatida baholayapmiz va aminmanki, u faqat kengayib boradi. Naqd pulsiz to‘lovlar turizmni rivojlantirish hamda O‘zbekiston iqtisodiyotining mustahkamlanishiga qo‘shimcha rag‘bat bo‘lib xizmat qiladi, chunki u bozorning barcha ishtirokchilari uchun ochiq, xavfsiz, samarali va shaffof muhit shakllanishiga olib keladi. Zamonaviy to‘lov texnologiyalarining kengayishi fuqarolar, tadbirkorlar, moliya muassasalari va davlat uchun yangi imkoniyatlarni yaratadi», — deya, ta’kidladi Mastercardning O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmanistondagi bosh direktorii Rafal Trepka.
Hamkorlar HUMO-Mastercard-International kartalarini bevosita chiqarishiga oid qo‘shimcha xabarlarni berib boradilar.


 Milliy banklararo protsessing markazi (MBPM) haqida:

2019 yil 1 maydan Toshkentda HUMO yangi to‘lov tizimi kartalarining emissiyasi boshlandi. 2019 yilning iyulida MBPM tekshirishlardan muvaffaqiyatli o‘tdi va PCI DSS xalqaro xavfsizlik standarti talablariga muvofiqlik sertifikatini oldi. Standart talablari Visa va MasterCard xalqaro to‘lov tizimlari bilan ishlaydigan barcha kompaniyalarga taalluqlidir. 2019 yilning dekabr oyidayoq tizimga MasterCard va Visa to‘lov tizimlari qo‘shildi, shu oyning o‘zidayoq O‘zbekistonda birinchi marta metropolitenning barcha stansiyalarida yo‘l haqini HUMO kartalari bilan kontaktsiz to‘lash ishga tushirildi. 2020 yilning mayida butun respublika bo‘yicha 2800 ta bankomat va 183 759 ta terminal o‘rnatildi. . 

Karta egalari o‘z shaharlaridagi kartalarga xizmat ko‘rsatish nuqtalari to‘g‘risidagi axborotni https://humocard.uz saytida, ”Karta egalariga” bo‘limidan olishi mumkin. Buning uchun https://humocard.uz/uz/card-holders/service-points/ ilovasi bo‘yicha borish, o‘z shahrini tanlash kerak va bunda HUMO terminali qayerda o‘rnatilganligi haqidagi axborot paydo bo‘ladi. Shuningdek, HUMO to‘lov tizimi kartalariga xizmat ko‘rsatadigan bankomatlarning qayerda joylashganligi to‘g‘risida http://bit.ly/2JiRSaF ssilkasi bo‘yicha tanishish mumkin.

MBPMni tashkil etishning asosiy maqsadi– to‘lovlarni amalga oshirish uzluksizligini ta’minlash, innovatsion mahsulotlarni ilgari surish, bank xizmatlarining ommabopligini ta’minlash hamda to‘lov xizmatlari bozorida raqobat muhitini rivojlantirishHUMO to‘lov tizimining maqsadi:

 - to‘lov infratuzilmasini yaxshilash;

 - xalqaro tizimlar bilan integratsiya qilish;

 - yagona to‘lov maydonini yaratish.


Mastercard haqida:

Masterkard (NYSE: MA) – to‘lov industriyasida ishlaydigan, global texnologik kompaniya. Kompaniyaning bosh maqsadi – xavfsiz, oson, texnologik va qulay tranzaksiyalarni ta’minlagan holda, barcha jabhada ustunlik beruvchi raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish hamda mustahkamlash. Himoyalangan ma’lumot va tarmoqlardan foydalanib, hamkorliklar tuzib hamda ilhomlantiruvchi g‘oyaga tayanib biz insonlar, moliya institutlari, hukumatlar hamda biznesga o‘zining eng yuqori imkoniyatlarini amalga oshirishda yordam beruvchi innovatsiya va yechimlarni taqdim qilish. Kompaniya madaniyati hamda kompaniya ichida va undan tashqarida qiladigan barcha ishlar axloq koeffitsiyentiga (decency quotient, DQ) muvofiq aniqlanadi. 210 dan ortiq mamlakat va hududlarda ish olib boradi va har bir kishi uchun bebaho imkoniyatlarni ochadigan barqaror dunyoni yaratishga intiladi.
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 355
My.gov.uz
Hozir saytda: ro'yxatdan o'tganlar - 0,
mehmonlar - 2
Oxirgi yangilanish: 24 Noyabr 2020, 16:31 (GMT+5)
Sayt yaratuvchisi
Sayt 1C-Bitriksda ishlaydi®
pixelcraft.uz
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech