Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A

HUMOdan POS-terminallar xarid qiling va 1 million so‘mdan ko‘proq mablag‘ tejang

HUMOdan POS-terminallar xarid qiling va 1 million so‘mdan ko‘proq mablag‘ tejang
18 мар 2026 12:08
17.03.2026, Toshkent, O‘zbekiston — Aksiya butun mamlakat bo‘ylab naqdsiz to‘lovlar infratuzilmasini kengaytirish va savdo nuqtalarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan.
HUMO milliy to‘lov tizimi bayramlar sharafiga tadbirkorlar uchun maxsus aksiya boshlangani haqida e’lon qiladi: endi HUMO POS-terminalini chegirmali narxda xarid qilish, shuningdek bo‘lib to‘lash imkoniyatidan foydalanish mumkin. Aksiya doirasida POS-terminal narxi 2 590 000 so‘mdan 1 500 000 so‘mgacha tushirildi, bu 1 090 000 so‘m tejash imkonini beradi. Terminal haqini bittada, yoki qulay bo‘lishi uchun, oyiga 500 000 so‘mdan uchta to‘lovga bo‘lib to‘lash mumkin.
To‘lovning bunday shakli savdo nuqtalariga terminalni birdaniga katta yuklamasiz ulanish imkonini beradi. Aksiya to‘rt hafta, 2026-yil 17-aprelgacha davom etadi. Terminallar soni cheklangan. Terminal xarid qilishga tayyormisiz? HUMO ulanishning bir necha variantlarini taklif etadi:
 1. HUMO ishonch raqamlariga qo‘ng‘iroq qilish (+998-78-888-85-85) va buyurtma qoldirish. Kontakt markazi mutaxassislari mijozga konsultatsiya beradilar, zaruriy ma’lumotlarga aniqlik kiritib, buyurtmani sotuvlar bo‘yicha menejerga beradilar. Menejer mijoz bilan bog‘lanib, aksiya shartlarini tushuntiradi, to‘lov shakli (bittada yoki bo‘lib to‘lash)ni tanlashga yordam beradi va terminalni ulashga buyurtmani rasmiylashtiradi.
 2. Sayt orqali ariza qoldirish. Mijoz qisqa shaklni to‘ldiradi, keyin u bilan menejer rasmiylashtirishni davom ettirish uchun bog‘lanadi.
3. Ijtimoiy tarmoqlar orqali so‘rov yuborish. Buyurtma kelib tushganidan keyin mijoz bilan sotuvlar bo‘limi menejeri bog‘lanadi va rasmiylashtirishda yordam beradi. Terminallar narxini pasaytirish aksiyasini joriy etish HUMOning naqdsiz to‘lovlarni qabul qilish uchun to‘lov infratuzilmasini rivojlantirish borasidagi tizimli faoliyatining davomi bo‘ldi. Jihoz narxining pasayishi va bo‘lib to‘lash imkoniyati tadbirkorlarga naqdsiz to‘lovni tezroq joriy etish, demakki, mijozlar uchun to‘lovlar qabul qilish usullarini kengaytirish va ko‘rsatilayotgan xizmatlar qulayligini oshirish imkonini beradi. Bu chora-tadbirlarning bari birgalikda O‘zbekistonda to‘lovlar qabul qilish tarmog‘ini kengaytirishga va zamonaviy to‘lov muhitini rivojlantirishga qaratilgandir.
HUMO to‘g‘risida
HUMO (“Milliy banklararo protsessing markazi”) – bu O‘zbekistonning mamlakat ichida naqdsiz to‘lovlar o‘tkazilis va xalqaro to‘lov tizimlari bilan integratsiyani ta’minlovchi milliy to‘lov tizimidir.
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 8
Hozir saytda:
ro'yxatdan o'tganlar - 0
mehmonlar - 4
Oxirgi yangilanish: 18 марта 2026, 14:28 (GMT+5)

Matnda xatolikni ko'rdingizmi? Sichqoncha bilan belgilang va bosing CTRL + ENTER
Sayt yaratuvchisi
Sayt 1C-Bitriksda ishlaydi®
www.pixelcraft.uz
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech