Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A

MBPM va Visa “Visa-HUMO” kobeydjing kartalarini chiqarish to‘g‘risida shartnoma imzoladilar

MBPM va Visa “Visa-HUMO” kobeydjing kartalarini chiqarish to‘g‘risida shartnoma imzoladilar
21 Sep 2020
MBPM va Visa “Visa-HUMO” kobeydjing kartalarini chiqarish to‘g‘risida shartnoma imzoladilar


Milliy banklararo protsessing markazi (MBPM) va Visa kobeydjing kartalarini chiqarish to‘g‘risida shartnoma imzoladilar. Loyihada Visa xalqaro to‘lov tizimi bilan ishlaydigan O‘zbekistonning barcha banklari qatnashadi.

Toshkent, 2020 yil, 21 sentyabr – 2020 yil 16 sentyabr kuni Milliy banklararo protsessing markazi va Visa xalqaro to‘lov tizimi Visa-HUMO kobeydjing kartalarini chiqarish to‘g‘risida shartnoma imzoladilar. Endilikda, O‘zbekiston aholisi yagona kartadan mamlakat ichida va undan tashqarida to‘lovlarni amalga oshirishda foydalanishlari mumkin.

«Visa-HUMOkobeydjing kartasi – foydali va qulay moliyaviy vositadir.Endi sizga valyuta kartasini ochish va xizmat uchun komissiyani to‘lashga vaqt sarflashning hojati yo‘q. Karta egasi ikkala to‘lov tizimining afzalliklari: butun Uzbekiston va dunyoning boshqa 200ta mamlakatida Visa kartasi qabul qilinadigan hududlardagi savdo do‘konlarda tovarlar va xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirish imkoniga ega bo‘ladi», - deydi, MBPM direktori Shuhratbek Qurbonov.

Shartnomaga ko‘ra, loyiha ishtirokchilari O‘zbekistondagi Visa to‘lov tizimi bilan ishlaydigan barcha banklar hisoblanadi. Bitim Visa Classic debet kartasi asosida ham plastik ham virtual kartalar va raqamli mahsulotlar ko‘rinishidagi Visa-HUMO kobeydjing kartalarini chiqarishni nazarda tutadi. Xizmatlar va qo‘shimcha imkoniyatlar uchun tariflar bank tomonidan belgilanadi. 

Loyiha Visa va MBPMga mamlakatdagi banklar, shuningdek, savdo va xizmat ko‘rsatish korxonalari bilan birgalikda O‘zbekiston aholisi uchun xalqaro to‘lov standartlariga javob beradigan xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yishga va banklarning raqobatbardoshligini oshirishga imkon beradi.

«MBPM bilan shartnomaning imzolanishi – Visa uchun strategik qaror bo‘lib, O‘zbekistonning bozori va elektron to‘lovlar tizimini rivojlantirish bo‘yicha rejalari tarafdori ekanligimizdan dalolat beradi.Visatijoratning ishonchli harakatga keltiruvchisi sifatida Markaziy bankning naqdsiz pul to‘lovlarining o‘sishini rag‘batlantirishbo‘yicha sa’y-harakatlariniqo‘llab-quvvatlaydi va biz bu qadamning biznes va ijtimoiy rivojlanishga yordam berishiga ishonamiz», - deya ta’kidlaydi, Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi Visaning mintaqaviy menejeri Aliya Chыnыbayeva.

HUMO va Visa tomonidan bozor uchun yangi imkoniyatlarning taqdim etilishi Markaziy bank va MBPMning naqdsiz to‘lovlarni rivojlantirish bo‘yicha birgalikdagi faoliyati tufayli amalga oshirilmoqda. 

Milliy banklararo protsessing markazi (MBPM) hakida:

2019 yil 1 maydan boshlab Toshkentda yangi HUMO to‘lov tizimi kartalarining emissiyasi boshlandi. 2019 yil iyul oyida MBPM tekshiruvdan muvaffaqiyatli o‘tdi va PCI DSS xalkaro xavfsizlik Standarti talablariga muvofiqlik sertifikatini oldi. Standart talablari Visa va MasterCard xalqaro to‘lov tizimlari bilan ishlaydigan barcha kompaniyalar uchun taalluqlidir. 2019 yil dekabr oyida MasterCard va Visa to‘lov tizimlari tizimga birlashtirilgan edi, shu oyning o‘zida O‘zbekistonda birinchi marta barcha metro bekatlarida yo‘l haqini to‘lash uchun HUMO kartalari orqali kontaktsiz to‘lov joriy etildi. 2020 yil may oyiga kelib respublika bo‘ylab 2800 dan ortiq bankomatlar va 183 759 ta terminallar o‘rnatildi.
MBPM yaratilishining asosiy maqsadi – to‘lovlar o‘tkazilishining uzluksizligini ta’minlash, innovatsion mahsulotlarni ilgari surish, bank xizmatlarining qulayligini oshirish va to‘lov xizmatlari bozorida raqobatchilik muhitini rivojlantirishdir.
HUMO to‘lov tizimi quyidagilar uchun xizmat qiladi:
- to‘lovlar infratuzilmasini takomillashtirish;
- xalqaro tizimlarni integratsiya qilish;
- yagona to‘lov maydonini yaratish.
/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 318
My.gov.uz
Hozir saytda: ro'yxatdan o'tganlar - 0,
mehmonlar - 6
Oxirgi yangilanish: 3 Dekabr 2020, 14:27 (GMT+5)
Sayt yaratuvchisi
Sayt 1C-Bitriksda ishlaydi®
pixelcraft.uz
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech