Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A

«Milliy banklararo protsessing markazi» AJ tomonidan amalga oshirilgan to‘lovlar (dividend) haqida ma’lumot

«Milliy banklararo protsessing markazi» AJ tomonidan amalga oshirilgan to‘lovlar (dividend) haqida ma’lumot
22 Dec 2025 15:44

«Milliy banklararo protsessing markazi» MCHJ 2024-yilda aksiyadorlik jamiyati sifatida qayta tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga ko‘ra jamiyat ustav kapitalidagi davlat ulushi 2025-yilda to‘liq xususiylashtirilgan.

O‘zbekiston Respublikasining “2025-yil uchun Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq davlat korxonalari hamda ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq miqdorda davlat ulushi mavjud bo‘lgan yuridik shaxslarning 2024-yil yakunlari bo‘yicha o‘z sof foydasining 50 foizi miqdorida ajratmalar va davlat ulushi bo‘yicha dividendlar hisoblashi hamda tegishli darajadagi byudjetlarga o‘tkazishi belgilangan.

Ushbu Qonun ijrosi ta’minlash maqsadida hamda 2024-yil yakuni bo‘yicha reestda davlat ulushi 50 foizdan ortiqni tashkil etganligi sababli Jamiyat aksiyadorining 2025-yil 21-noyabrdagi tegishli qaroriga asosan

2024-yil yakuni bo‘yicha olingan 168,2 mlrd.so‘m miqdordagi sof foydani taqsmlash to‘g‘risida qaror qabul qilingan va davlat ulushiga mutanosib ravishda hisoblangan 54,7 mlrd.so‘m miqdoridagi dvidendlar davlat byudjetiga o‘tkazib berilgan.

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 252
Hozir saytda:
ro'yxatdan o'tganlar - 0
mehmonlar - hech kim
Oxirgi yangilanish: 22 December 2025, 18:04 (GMT+5)

Matnda xatolikni ko'rdingizmi? Sichqoncha bilan belgilang va bosing CTRL + ENTER
Sayt yaratuvchisi
Sayt 1C-Bitriksda ishlaydi®
www.pixelcraft.uz
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech