Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A

HUMO foydalanuvchilari 2026-yilning 5 oyi davomida Alipay+ orqali jami 19 mlrd so‘mdan ziyod xalqaro QR-to‘lovlarni amalga oshirdilar

HUMO foydalanuvchilari 2026-yilning 5 oyi davomida Alipay+ orqali jami 19 mlrd so‘mdan ziyod xalqaro QR-to‘lovlarni amalga oshirdilar
26 мая 2026 14:30

HUMO foydalanuvchilari 2026-yilning 5 oyi davomida Alipay+ orqali jami 19 mlrd so‘mdan ziyod xalqaro QR-to‘lovlarni amalga oshirdilar


HUMO milliy to‘lov tizimi xalqaro Alipay+ orqali QR-to‘lovlar, “Ant International” umumiy elektron hamyonlarni ulash platformasi rivojlanishining oraliq yakunlarini chiqardi. 2026-yilning birinchi besh oyi davomida foydalanuvchilar Alipay+ orqali 21 mingta tranzaksiya amalga oshirdilar, amaliyotlarning umumiy hajmi esa, 19,2 mlrd so‘mdan oshgan.

Alipay+ HUMO kartasi egalariga chet elda bevosita banklar mobil ilovalari orqali, odatiy to‘lov QR-formatlaridan foydalangan holda  tovarlar va xizmatlar haqini to‘lash imkonini beradi. Foydalanuvchilar qo‘shimcha ilovalarni o‘rnatishlari yoki alohida ro‘yxatdan o‘tishlari talab qilinmaydi – servis karta biriktirilgan bank ilovasida taqdim etiladi. To‘lov joriy kurs bo‘yicha so‘mda amalga oshiriladi va amaliyot tasdiqlanishidan oldin yakuniy summa namoyon bo‘ladi.


Bugungi kunda Alipay+ to‘lovlarni qabul qilish ekotizimi 220 ta mamlakat va hududdagi 150 milliondan ziyod savdo-servis korxonalarini, jumladan 10 dan ziyod milliy to‘lov tizimlarini qamrab oladi. Xizmat keng shuhrat qozongan turistik va amaliy yo‘nalishlarda, jumladan Xitoy, Turkiya, BAA, Tailand, Singapur, Janubiy Koreya, Malayziya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Italiya va boshqa mamlakatlarda ishlaydi.

Foydalanuvchilar Alipay+ qabul qilinishi belgisi o’rnatilgan do‘konlar, restoranlar, transport, sayyohlik obyektlari va boshqa savdo-servis korxonalarida Alipay+ yordamida xaridlar haqini to‘lashlari mumkin. To‘lov bevosita mobil bank ilovasi orqali, QR-kod yordamida amalga oshiriladi. O‘zbekiston banklari chiqargan va bankingiz ilovasiga qo‘shilgan barcha kartalar – Humo, Visa, Mastercard, Unionpay, Uzcard’dan to‘lov qilish mumkin.


Bu qanday ishlaydi:

1.  Chet elda bo’lganingizda bank mobil ilovasini oching;

2.  Sotuvchining Alipay+ logotipi tushirilgan QR-kodiga kamerani yo‘naltiring;

3.  To‘lovni tasdiqlang. Summa avtomatik ravishda so‘mda, Humo kartasidan yechib olinadi


Xalqaro QR-to‘lovlarni rivojlantirish HUMOning raqamli moliyaviy servislar hammabopligini kuchaytirish va O‘zbekiston fuqarolari uchun ham mamlakat ichida, ham undan tashqarida qulay to‘lov infratuzilmasini yaratish borasidagi strategiyasining bir qismi sanaladi.

HUMO, o‘zbekistonlik foydalanuvchilar uchun transchegaraviy hisob-kitoblar ommabopligini oshirish maqsadida, xalqaro to‘lovlar imkoniyatlarini va xorijiy sheriklar bilan hamkorlikni kengaytirishda davom etadi.


Alipay+ xizmatini qo‘llab-quvvatlovchi banklarning joriy ro‘yxati, shuningdek Alipay+ orqali to‘lov imkoniyati mavjud mamlakatlar hamda hududlar ro‘yxati bilan saytda tanishish mumkin: humoalipay.uz

/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 8
Hozir saytda:
ro'yxatdan o'tganlar - 0
mehmonlar - 1
Oxirgi yangilanish: 22 июня 2026, 17:44 (GMT+5)

Matnda xatolikni ko'rdingizmi? Sichqoncha bilan belgilang va bosing CTRL + ENTER
Sayt yaratuvchisi
Sayt 1C-Bitriksda ishlaydi®
www.pixelcraft.uz
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech