
HUMOning BAXTLI YUZLIK keng ko'lamli aktsiyasi yakunlandi: tantanali finaldaBYD Song Plus DM-i, iPhone Air va pul mukofotlari o'ynaldi
19 sentyabrda Tashkent City Mall'da Humodan BAXTLI YUZLIK aktsiyasining katta finali o'tkazildi. Bayram dasturi qimmatbaho mukofotlar o'ynalishi, san'atkorlar chiqishi, mehmonlar bilan interaktivlar va aktsiyaning bosh voqeasi – BYD Song Plus DM-i avtomobilining sohibini aniqlashjarayonlarini o'z ichiga oldi.
15 iyuldan boshlab HUMO kartalari egalari BAXTLI YUZLIK aktsiyasida ishtirok etib, karta orqali 100 000 so'mdan ortiq kundalik xaridlarni amalga oshirish orqali qimmatbaho sovrinlarni qo'lga kiritish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Aktsiya davomida O'zbekistonning turli hududlaridan ishtirokchilar g'olib bo'lib, ular iPhone Air smartfonlari va pul mukofotlariga ega bo'ldilar.
Tadbirning keng qamrovli dasturi mehmonlar uchun interaktivlar, kontsert dasturlari va qimmatbaho sovrinlarning yakuniy o'yinlarini o'z ichiga oldi. G'oliblarni aniqlash ochiq tarzda o'tkazildi: jarayonni tadbir maydonidagi mehmonlar, shuningdek, barcha istaganlar HUMO ijtimoiy tarmoqlarining rasmiy sahifalarida to'g'ridan-to'g'ri efir orqali kuzatidilar.

"HUMO uchun bunday loyihalar – bu mijozlarimizga yaqinroq bo'lish va ularning kutilmalarini yaxshiroq tushunish imkoniyatidir. Har bir tranzaktsiya ortida Humoni tanlaydigan va bizga ishonadigan inson turadi, shunday ekan, BAXTLI YUZLIK – bu mijozlarimizga tanlovlari uchun minnatdorchilik bildirishning bir yo'lidir. Bugun biz g'oliblarni shaxsan tabriklay olishimiz va final his-tuyg'ularini o'zaro bo'lisha olishimiz alohida ahamiyatlidir",- qayd etdi HUMO boshqaruvi raisi Aleksandr Sotnikov.
BAXTLI yuzlikning so'nggi mukofotlari jonli efirda egasini topdi
Dasturning eng muhim lahzalaridan biri pul mukofotlari va iPhone Air smartfonlari o'ynalgan final o'yini bo'ldi. Final o'yinda iPhone Air sohibi bo'lgan ikki g'olib — Ikromjon va Ilhom, shuningdek, har biri 1 000 000 so'mdan pul mukofotiga ega bo'lgan o'n nafar g'olib aniqlandi.
G'oliblarni aniqlash jarayoni to'g'ridan-to'g'ri efirda o'tkazildi. Har bir o'yindan so'ng boshlovchilar g'olibning ismini e'lon qilishdi. Bunday format tadbir maydonidagi mehmonlar va efirni kuzatayotgan tomoshabinlarga g'oliblarni aniqlash jarayonini bevosita kuzatish imkonini berdi.
BAXTLI YUZLIK bosh sovrini — BYD Song Plus DM-i o'z egasini topdi
Final o'yinlaridan so'ng mehmonlarning e'tibori aktsiyaning bosh sovrini — BYD Song Plus DM-i avtomobiliga qaratildi. Avtomobil egasining aniqlanishi kechaning eng muhim va hayajonli lahzasi bo'ldi.
Avtomobil Bo'stonliq tumanida yashovchi Vali K.ga nasib etdi.
Boshlovchilar Vali bilan bog'lanib, uning g'olib bo'lganini ma'lum qilganida, bu xabar final mehmonlari tomonidan olqishlar bilan kutib olindi. Tadbir davomida boshlovchilar g'olib bilan videoqo'ng'iroq orqali ham bog'lanishdi. Vali ekran orqali sahnani, boshlovchilar va uni g'alaba bilan tabriklayotgan mehmonlarni ko'rib, endi ushbu quvonchli voqeani oilasi davrasida nishonlashini bildirdi.

«Menga qo'ng'iroq qilib, avtomobil yutib olganimni aytishganda, avval ishonmadim ham. Keyin videoqo'ng'iroq orqali boshlovchilar va meni tabriklayotgan mehmonlarni ko'rib, bu haqiqat ekanligini angladim. Bunday sovg'a uchun HUMO'dan juda minnatdorman. Bu men uchun katta quvonch. Endi ushbu g'alabani, albatta, oilam bilan birga nishonlaymiz. HUMO'ga va bugungi quvonchimni men bilan baham ko'rgan barchaga insonlarga rahmat», — dedi BAXTLI YUZLIK g'olibi Vali K.
Musiqa va interaktivlar final kechasining ajralmas qismiga aylandi
Sahnada taklif qilingan o'zbek estradasi yulduzlari – Munisa Rizaeva, Shohruh va Dj King Macarella chiqish qilidlar. Chiqishlar orasida odamlar bilan interaktivlar va brendli Merch o'ynalishi o'tkazildi.

"Biz uchun BAXTLI yuzlikni shunchaki sovrinli aktsiya emas, balki mijozlarimizda hissiyotlarni uyg'otadigan loyiha darajasida uyushtirish muhim edi. Shu sababli finalni biz mijozlarni, mehmonlarni, san'atkorlar va HUMO jamoasini jamlovchi ulkan voqeaga aylantirdik. Biz uchun tashrif buyurganlar g'oliblar aniqlanishiga shaxsan guvoh bo'lishlari va bu hissiyotni biz bilan o'rtoqlashishlari muhim edi",- deya fikr bildirdi HUMO marketing va PR departamenti direktori Mariya Stroeva.
Aktsiya davomida 6ta iPhone Air, pul mukofotlari va bosh sovrin — BYD Song Plus DM-i avtomobili o'ynaldi. Aktsiya doirasida sovrinlarni qo'lga kiritish bilan bog'liq barcha soliqlarni HUMO to'laydi.
BAXTLI YUZLIK aktsiyasi barcha sovrin egalarini aniqlash bilan o'z nihoyasiga etdi. HUMO oldida esa naqdsiz to'lovlarni rivojlantirish va foydalanuvchilar uchun qo'shimcha imkoniyatlar yaratishga qaratilgan yangi loyihalar hamda mijozlar va biznes uchun maxsus takliflarga oid rejalar turibdi.
Cayt: humocard.uz
Facebook: fb.com/humocard
Instagram: @humo_card
Telegram: t.me/humoofficial
Youtube: @humo_card
Linkedin: linkedin.com/humocarduz

