
HUMO ish haqi loyihalari dasturini kengaytiradi
HUMO ish haqi loyihalari yo‘nalishini rivojlantirishda va hamkorlar tarmog‘ini kengaytirishda davom etadi. Dasturga yana bir bank – “Asaka Bank” qo‘shildi. Endi HUMO ish haqi kartalari sohiblari dastur afzalliklaridan va maxsus takliflardan foydalanishlari mumkin.
ATTO terminallari orqali jamoat transportida yo‘l haqi to‘lashda har oyda 30% keshbek qaytariladi;
Aksiya o‘tkazilishi davrida rasmiylashtirilgan har bir yangi karta uchun 15 000 so‘m qutlov bonusi.
Eslatib o‘tamiz: maxsus takliflar “Asia Alliance Bank”da rasmiylashtirilgan HUMO ish haqi kartalari sohiblariga ham tegishli.
Aksiya 2026-yil 31-dekabrgacha amal qiladi.
Xodimlar kundalik xarajatlarda ko‘proq foyda olishlari, kompaniyalar esa ish haqi loyihasini o‘z jamoalariga jozibaliroq qilishning yangi imkoniyatlariga ega bo‘lishi uchun biz hamkorlik tarmog‘imizni kengaytirishda davom etamiz.
Qatnashishning batafsil shartlari, limitlar va mukofotlarni hisoblash tartibi – Ofertada.
- Asia Alliance Bank — 2026-yil 20-avgustdan 31-dekabrgacha;
- Asaka Bank — 2026-yil 20-oktabrdan 31-dekabrgacha.16:28
/
Manba:
ko'rsatilmagan
/
Ko'rishlar:
10

