Размер шрифта: A A
Цвет сайта: A A A A

HUMO xalqaro hamkorlikni kengaytiradi

HUMO xalqaro hamkorlikni kengaytiradi
16 июл 2026 16:16

HUMO xalqaro hamkorlikni kengaytiradi: UnionPay va Agrobank bilan hamkorlikda kobeyjing kartasi joriy etildi


Toshkent, 2026-yil 14-iyul – HUMO milliy to‘lov tizimi “UnionPay International” va “Agrobank” ATB bilan hamkorlikda UnionPay–HUMO kobeyjing kartasini joriy qildi. Yangi karta mahsulotini chiqarishni yo‘lga qo‘ygan ilk bank “Agrobank” ATB bo‘ldi. “Agrobank” ATB mijozlari uchun UnionPay–HUMO kartalarining joriy etilishi 2026-yil avgust o‘rtalariga rejalashtirilgan.


Kartaning joriy etilishi HUMO xalqaro hamkorligi rivojlanishining navbatdagi bosqichi bo‘lib, ham O‘zbekiston ichida, ham undan tashqarida to‘lovlarni amalga oshirishda foydalanuvchilarning imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgandir.


Loyiha 2024-yil fevral oyida HUMO va “UnionPay International” o‘rtasida imzolangan O‘zaro anglashuv memorandumi doirasida amalga oshirildi. Hujjat qo‘shma to‘lov yechimlarini rivojlantirishni va O‘zbekiston banklari tomonidan kobeyjing kartalarini bosqichma-bosqich joriy etishni ko‘zda tutadi. Loyihaning ilk hamkori “Agrobank” davlat-tijorat banki – keng filiallar tarmog‘i va UnionPay mahsulotlari bilan ko‘p yillik ishlash tajribasiga ega, mamlakatning eng yirik banklaridan biri bo‘ldi.


“UnionPay–HUMO kobeyjing kartalarini joriy etish – bu HUMO xalqaro hamkorligini rivojlantirishdagi muhim bosqich sanaladi. Biz milliy to‘lov tizimining imkoniyatlarini izchil kengaytirib borib, mahalliy to‘lov infratuzilmasi va to‘lovlarni qabul qilish global tarmog‘ining afzalligini uyg‘unlashtiruvchi zamonaviy yechimlarni yaratamiz. UnionPay va “Agrobank” bilan hamkorlikda biz foydalanuvchilarga ham mamlakat ichidagi, ham undan tashqaridagi hisob-kitoblar uchun qulay va ishonchli vositalarni taklif etamiz va shuning barobarida O‘zbekistonning xalqaro to‘lov ekotizimidagi maqomini mustahkamlaymiz”, — qayd etdi HUMO boshqaruvi raisining o‘rinbosari Dinar Samigullin.


UnionPay–HUMO kobeyjing kartasi milliy va xalqaro to‘lov tizimlari afzalligini birlashtirib, foydalanuvchilarga O‘zbekistonda va xorijdagi hisob-kitoblar uchun umumiy to‘lov vositasini taqdim etadi. Karta sohiblari POS-terminallar orqali xaridlar haqini to‘lashlari, kontaktsiz to‘lovdan foydalanishlari, onlayn-to‘lovlar qilishlari va bankomatlarda naqd pul yechib olishlari mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari, karta sohiblari uchun mamlakatdan tashqarida kartadan foydalanishda yanada ko‘proq afzalliklarni ta’minlovchi UnionPay’ning maxsus xalqaro takliflari va imtiyozlari ochiladi. “Agrobank” ATB mijozlari uchun UnionPay-HUMO kartalarini joriy etish 2026-yil avgust oyi o‘rtalariga rejalashtirilgan.


“UnionPay–HUMO kobeyj-kartasi O‘zbekiston milliy to‘lov infratuzilmasi va  UnionPay global qabul tarmog‘i afzalliklarini o‘zida jam qilib, ham mamlakat ichida, ham butun jahon bo‘ylab qulay to‘lovlarni ta’minlaydi. Ushbu kartalarni joriy qilish – bu Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy, sayyohlik va insonparvarlik aloqalarining rivojlanishiga qo‘shilgan amaliy hissadir. “UnionPay International” bundan buyon ham mahalliy sheriklar bilan hamkorlik aloqalarini kengaytirib, to‘lov tizimlarini takomillashtiradi va O‘zbekistondagi foydalanuvchilar uchun yangi imkoniyatlarni yaratib boradi”, — ta’kidladi “UnionPay International” bosh direktori Van Lisin.


“Agrobank” ATB UnionPay–HUMO kobeyjing kartasini chiqarishga kirishgan ilk bank bo‘ldi. Bankning keng filiallar tarmog‘i, UnionPay mahsulotlari bilan ishlashda to‘plangan tajriba va rivojlangan karta infratuzilmasi milliy va xalqaro to‘lov tizimlarining imkoniyatlarini birlashtiruvchi yangi mahsulotni joriy etishni amalga oshirish imkonini berdi.


“HUMO, “Agrobank” ATB va UnionPay o‘rtasidagi hamkorlik – bu O‘zbekiston to‘lov infratuzilmasining rivojlanishidagi muhim bosqichdir. HUMO milliy tizimi o‘z mustaqilligini saqlab qolgan holda xalqaro miqyosga chiqmoqda, mijozlarimiz esa, nafaqat mamlakat ichida, balki chet elda ham – UnionPay qabul qilinadigan 180 mingdan ziyod mamlakatda kartadan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu naqdsiz hisob-kitoblar rivojiga qo‘shilgan salmoqli hissa, moliyaviy hammaboplikning kengayishi va O‘zbekistonning jahon to‘lov munosabatlaridagi maqomining mustahkamlanishidir”, — qayd etdi “Agrobank” ATB boshqaruvi raisining o‘rinbosari Farhod Nasriev.


UnionPay–HUMO kobeyjing kartasining joriy etilishi HUMO xalqaro hamkorligini rivojlantirish va foydalanuvchilar uchun zamonaviy to‘lov servislarini kengaytirishdagi yana bir qadam bo‘ldi. Loyihani amalga oshirish mijozlarga ham O‘zbekistonda, ham undan tashqarida xavfsiz va qulay to‘lovlar uchun keng imkoniyatlar taqdim etib, milliy to‘lov infratuzilmasi va UnionPay global tarmog‘i afzalliklarini jamlash imkonini beradi.


Sayt: humocard.uz
Facebook: fb.com/humocard
Instagram: @humo_card
Telegram: t.me/humoofficial
Linkedin: linkedin.com/humocarduz



/ Manba: ko'rsatilmagan / Ko'rishlar: 13
Hozir saytda:
ro'yxatdan o'tganlar - 0
mehmonlar - 2
Oxirgi yangilanish: 16 июля 2026, 16:22 (GMT+5)

Matnda xatolikni ko'rdingizmi? Sichqoncha bilan belgilang va bosing CTRL + ENTER
Sayt yaratuvchisi
Sayt 1C-Bitriksda ishlaydi®
www.pixelcraft.uz
Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech